So’nggi yangiliklar

21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  0 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 21:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  7 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  37 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  12 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  3 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0

Zidan: “Real” bosim nimalagini yaxshi biladi” Yangiliklar

Zidan: “Real” bosim nimalagini yaxshi biladi”

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan ECHL finalidan nimalar kutayotganligi haqida gapirdi.

“Biz joriy mavsumda katta ishlarni amalga oshirdik – La Ligada g'olib chiqdik va ECHL finaliga etib keldik. Tayyorgarlik – bu eng muhim bosqich. Biz bu ishni bajardik.

Biz bosim nima ekanligini juda yaxshi bilamiz. Biz har doim favorit hisoblanganmiz, garchi finalda favoritlar bo'lmasada. Bitta o'yindan iborat bahsda har narsa sodir bo'lishi mumkin.

Mening holatim... Kimdir menga yoshligimda shunday holatlarni boshimlan kechirishimni aytsa, ishonmasdim. Ammo men hozir yaxshi davrni boshimdan o'tkazayapman va bundan zavq olayapman. Biz bilan bo'layotgan har bir holat menga manzur bo'lmoqda. Men oddiy murabbiyman, jamoaning har bir azosi singari... Milanda o'tgan finaldan keyin bizni yana bir ajoyib final bahsi kutib turibdi. Biz “jang”ga tayyormiz.

Futbol o'ynash uchun maydonga chiqdingmi unga boringni baxsh etishing shart. Biz ko'plab bellashuvlarda yutqazib qo'ydik. Mag'lubiyat nimaligini yaxshi bilamiz. Bu “Yuventus”ga ham tegishli holat. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatishga urinamiz. Bizga qarshi ajoyib jamoa to'p tepadi. Barcha futbol ixlosmandlari qiziqarli finalni ko'rishga ishtiyoqmand bo'lib turishibdi.

Krishtianu yaxshi inson, u boshqalar uchun ham qayg'uradi. U g'alabalardan charchamaydi. Unga doim g'alaba kamlik qiladi. U har doim, hatto mashg'ulotlarda ham g'olib chiqishni istaydi. U tabiatan etakchi, ayniqsa maydonda. Bu unga qon bilan kirgan.

Agar biz birga to'p tepganimizda ham u yulduzligicha qolardi. CHunki u ko'p gol uradi. Bu esa eng muhimi. Gol urish va raqibga darvozani ishg'ol etishga imkon bermaslik. Men Turinda, “Yuventus”da o'ynaganman va katenachcho nimaligidan yaxshi xabardorman.

Ertaga kim maydonga chiqishini aytib o'tirmayman. Isko va Beyl  balkim birga to'p tepishar... Hamma narsa bo'lishi mumkin. Jamoaga qarab turib shunga amin bo'layapmanki, barcha “jang”ga tayyor. Gap faqat ruhiy tomonlama emas, jismoniy tarafdan ham barcha shay holatda.

Yarim himoya, albatta eng muhim jihat.  Ammo eng qiyini – to'p o'tkazmaslik. 80-90 daqiqa yaxshi o'ynab turasan, o'yin oxirida raqibing gol urib ketsa, barchasi yakunlanadi. Aynan shu narsa hujumchilarimizdan talab etiladi. O'zim futbol o'ynaganimda, bu narsa qiyinligini juda yaxshi bilganman. Ko'p bo'lmasada, menga bir necha bor muhim gollarni urish nasib etgan.

Umuman olganda  hech narsani o'zgartirmoqchi emasmiz. Biz ertangi bahs haqida gapirayapmiz. Biz har doim nima qilib kelingan bo'lsa, shuni qilmoqchimiz. Amalda bu qanday bo'lishini esa o'yinda bilib olamiz”, dedi Zidan.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика