Zidan Qatardagi JCHdan so'ng Franciya termasi boshqaruviga keladi
04 noy 2022 10:36
Yangiliklar
Zidan Qatardagi JCHdan so'ng Franciya termasi boshqaruviga keladi
20 noyabrdan 18-dekabrga qadar Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatidan so'ng "Real" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Franciya terma jamoasi ustozi bo'ladi.
"Bir yarim yil avval Zidan "Real"ni tark etganida, Franciya terma jamoasi taklifini kutib, hech qaysi klubda murabbiylik qilmasligini aytgandi.
Bugun kutish tugadi: Jahon chempionatidan keyin Franciyani Zinedin Zidan boshqaradi", – deb yozdi jurnalist Serxio Valentin Twitter'da.
Zidan 1994 yildan 2006 yilgacha Franciya terma jamoasida 108 ta o'yin o'tkazib, 31 ta gol urgan. Terma jamoa tarkibida yarim himoyachi 1998 yilda Jahon chempioni va 2000 yilda Evropa chempioniga aylangan.
Zidan bosh murabbiy sifatida "Real" bilan uch marta CHempionlar Ligasini yutgan, ikki marta Ispaniya chempioni bo'lgan.
Mutaxassisning Madrid klubini tark etishi 2021 yilning 27 mayida malum bo'lgan edi. O'shandan beri Zidan murabbiylikka qaytmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar