So’nggi yangiliklar

14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  9 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0

Zidan Benzema haqida: "U jamoaviy futbolchi va hujumda balansni taminlashda muhim rolni o'ynagan" Yangiliklar

Zidan Benzema haqida: "U jamoaviy futbolchi va hujumda balansni taminlashda muhim rolni o'ynagan"

Teglar :  Zinedin Zidan
"Real" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Liverpul"ga qarshi CHempionlar ligasi finalidagi (3:1) taktika haqida gapirib berdi.

- Final uchun taktika va tarkib tanlash qiyin bo'ldimi? Siz o'tgan yil finalda o'ynaganlarni maydonga tushirdingiz, ammo ular boshqa rollarda edi. Bu yilgi ko'rsatmangiz Kardiffdagidan qanchalik farq qildi?

- Haqiqatdan ham bu safar rejamiz boshqacha edi. Bu safar yarim himoyada romb shaklida o'ynadik. Iskodan markazda harakat qilishni so'radim va biz ikki hujumchilik sxemaga o'tdik. SHu bilan birga Marseloni oldinroqqa o'tkazib, hududni nazorat qilishga urindik. U hujumlarga qo'rqmay qo'shildi, Serxio Ramos esa uning qanotini yopdi.

- Kiev va Kardiffdagi finallarda tarkib bir xil bo'ldi, Milandagi bahsda ham ushbu futbolchilarning 9 nafari maydonda bo'lgan. Muvaffaqiyatning kaliti katta o'yinlardagi tajriba va barqarorlik deyish mumkinmi?

- Albatta! Tajriba yirik turnirlarda o'z so'zini aytadi. Faqat shundagina futbolchilar vaziyatga baho berishda qiynalishmaydi.

- Ko'pchilik Kasemiro, Modrich va Kroos taminlagan "Real" yarim himoyachidagi balansga yuqori baho berishdi. Ularning vazifalari haqida gapirib bersangiz.

- Men Kroos va Modrichdan himoyalanish, raqibni bo'sh zonadan ayirib to'g'ri harakatlanishni so'radim. Kasemiro esa bu vaqtda pressingdagi hamkasblarini o'rnini berkitib, maydon markazidagi muvozanatni ushlab turdi. U ikkinchi qavatlardagi kurashlarda ham faol bo'ldi.

- Zamonaviy forvardni qanday tasvirlagan bo'lardingiz? Masalan, Benzemani ko'p tanqid qilishadi, ammo uning jamoaga ishlashi haqida nima deya olasiz?

- Benzema hujumdagi harakatlarimizda balansni ushlab turish uchun muhim rolni o'ynagan. U to'p nazoratiga asoslangan taktikamizni amalga oshirishga yordam bergan. Benzema doimo to'pga ochiladi, uni haqiqiy jamoaviy futbolchi deb hisoblayman.

- To'pga egalik qilish qanchalik muhim?

- Agar to'p sizda bo'lsa, uni qaytarish uchun kuch sarflash shart emas. Demak, siz xavfsizroq xolatda bo'lasiz. To'p bilan raqiblarni ko'proq yugurishga va kuch yo'qotishga majbur qilasiz. Futbolchilarimning sifatlarini yaxshi bilganim uchun shunday qaror qabul qildim. Ammo to'pni shunchaki o'zimizda saqlamadik, ushbu uslubdan hujumdagi maqsadlarimizda foydalandik. Ammo yodda tuting, to'pga egalik qilish g'alabani taminlamaydi! - deydi Zidan.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика