So’nggi yangiliklar

12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  1 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   0 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   5 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   10 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  2 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  1 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  11 07:30"Манчестер Сити"ни яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5

JCHga 2-kun qoldi. Germaniya - 2006 Yangiliklar

JCHga 2-kun qoldi. Germaniya - 2006

Bu o'sha mashhur JCH. Zidan bitta kalla qo'yib, Materacceni uchirib yuborgan JCH.
Marokash, JAR, Germaniya va Angliya davogarlik qilgan mundialda omad nemislarga kulib boqadi. Germaniya bor-yo'g'i bitta ovoz farqi bilan JARni ortda qoldiradi. SHundan keyin Germaniya ko'plab davlatlardan ovoz sotib oldi degan turli fikrlar chiqa boshlaydi, ammo FIFA yakuniy qarorni qabul qilib bo'lgandi. JARni tinchlantirish maqsadida, 2010 yilgi mundial vada qilindi.

Germaniya JCHni qanday qilib qo'lga kiritgani bizga qorong'u, ammo nemislar JCHni o'tkazish borasida juda keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirishgan edi. Ayniqsa, OAV uchun katta sharoitlar yaratilgan musobaqada ro'yxatdan o'tgan jurnalist bepul tezyurar poezd va shahar transportlaridan foydalanish imkoniyatiga ega edi.

Navbatdagi JCHni o'zbekistonlik muxlislar alam bilan kutib oldilar. Musobaqadan avval Zidan terma jamoaning JCHdagi so'nggi o'yini, uning futbolchilik faoliyatidagi ham so'nggisi bo'lishi haqida OAVga malum qiladi.



Angola, Gana, Kot-D’Ivuar, Serbiya va CHernogoriya, Togo, Trinidad va Tobago, Ukraina va CHexiya (CHexiya shu kungacha CHexoslavakiya sifatida turnirda qatnashgan) ilk marotaba mundialda debyut qiladilar.

Germaniya, Portugaliya, Braziliya va Ispaniya terma jamoalari guruhda maksimal ochko to'playdi. Yakunda finalga qadar etib borgan Franciya SHveycariyadan keyin guruhda ikkinchi bo'ladi. 1-turdagi Angliya - Paragvay uchrashuvida Gammara 3-daqiqada o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yadi. Bu JCH tarixidagi eng tezkor avtogol bo'lgan. J Koreya va Togo terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda esa tashkiliy qo'mita jiddiy xatoga yo'l qo'yadi. Ular ikki marotaba koreyslar madhiyasini ijro etadilar. Portugaliya - Gollandiya o'yinida rossiyalik hakam Valentin Ivanov 16ta sariq va 4ta qizil kartochka ko'rsatadi. Bu JCH tarixidagi eng qo'pol o'yinlardan biri bo'lgan. Aleksandr SHovkovskiy ham JCH tarixiga kiradi. SHveycariya bilan o'yin 0:0 hisobi bilan yakuniga etadi. Penaltilar seriyasida Aleksandr SHovkovskiy darvozasi biron marotaba ishg'ol qilinmaydi.




1/8 final
Germaniya – SHveciya 2:0
Argentina – Meksika 2:1
Italiya – Avstraliya 1:0
SHveycariya – Ukraina 0:0, (0:3 pen)
Angliya – Ekvador 1:0
Portugaliya – Gollandiya 1:0
Braziliya – Gana 3:0
Ispaniya – Franciya 1:3

¼ finala
Germaniya – Argentina 1:1, (4:2, pen)
Italiya – Ukraina 3:0
Angliya – Portugaliya 0:0, (1:3, pen)
Braziliya – Franciya 0:1

½ final
Germaniya – Italiya 0:2
Portugaliya – Franciya 0:1

3-o'rin uchun
Germaniya- Portugaliya - 3:1
Goly: SHvaynshtayger, 56, 78, Peti, 60 (o'z darvozasiga) - Nunu Gomesh, 88

Italiya va Franciya o'rtasidagi uchrashuv keskin va unutilmas vaziyatlarga boy bo'lgan. Dastlab Maludani Materacci qo'pollik bilan to'xtatgani uchun belgilangan penaltidan Zidan unumli foydalangan. Keyin tashabbus Italiya tarafiga o'tgan. Pirlo burchak zarbasini ijro etgach, Materacci havodagi kurashda Vieyradan ustun kelib, muvozanatni tiklagan. Birinchi bo'limda Tonining ikki xavfli zarbasini Tyuram va darvoza ustuni qaytargan.

Ikkinchi bo'limda ustunlik francuzlar tomoniga o'tgan. Anrining 2 zarbasidan keyin Buffon bexato o'ynagan. Kannavaro va Pirloning urinishlaridan keyin to'p ustun yonidan maydon tashqarisiga yo'l olgan. SHu tariqa jamoalar qo'shimcha bo'limlarda o'yinni davom ettirishgan. 99-daqiqada Riberi qulay imkoniyatdan to'pni noaniq yo'llagan. 104-daqiqada esa Sanolning to'p oshirishidan keyin Zidanning bosh bilan yo'llagan zarbasini Buffon superreakciya ko'rsatgan holda darvoza ustiga chiqarib yuborgan. 109-daqiqada bahsdagi hal qiluvchi hodisalardan biri sodir bo'lgan. O'zaro tortishuvdan keyin Zidan Materaccining ko'kragiga bosh bilan zarba beradi. To'rtinchi hakamning qarori asosida Elizondo Zidanni maydondan chetlatadi. Xayrlashuv uchrashuvida franciyalik afsona o'yinni yakunlay olmaydi. Uning kubok oldidan boshini eggancha tribunalar ostiga kirib ketayotgan surati final uchun eng mos tarif deb aytib o'tilgan. Takidlash lozimki, o'shanda Elizonda to'g'ri qaror qabul qilgan.





Penaltilar seriyasida 6 yil avval Franciya Evropa chempionligini keltirgan Trezege xatoga yo'l qo'yadi. Bu bilan u taqdir oldida Italiyaga o'sha finaldagi sovrinni qaytargandir, balki. Italiyaliklar penaltilarni juda xotirjam ijro etishadi va Grosso 5-penaltidan gol urgach, jahon chempionligini nishonlashga tushadilar. Kelishilgan o'yinlar mojarosida qolib ketgan yurt vakillari bu ularga salbiy tasir qilmasligini isbotlab qo'yishadi.

Final
Italiya - Franciya - 1:1 (penaltilardan 5:3)
9 iyul. Berlin. "Olimpiashtadion". 69000 tomoshabin.
Bosh hakam: Orazio Elizondo (Argentina).
Italiya: Buffon, Grosso, Kannavaro, Zambrotta, Materacci, Gattuzo, Totti (De Rossi, 61), Kamoranezi (Del Pero, 86), Perrotta (Yakinta, 61), Pirlo, Toni.
Bosh murabbiy: Marchello Lippi.
Franciya: Bartez, Abidal, Gallas, Tyuram, Sanol, Vieyra (Diarra, 56), Makelele, Maluda, Zidan, Riberi (Trezege, 100), Anri (Viltor, 107).
Bosh murabbiy: Raymon Domenek.
Gollar: Zidan, 7-pen - 0:1. Materacci, 19 - 1:1.
Penaltidan urganlar: Pirlo, Materacci, De Rossi, Del Pero, Grosso - Viltor, Abidal, Sanol.
Penaltidan adashgan: Trezege.

To'purarlar: Miroslav Kloze (Germaniya) – 5, Ernan Krespo (Argentina), Maksi Rodriges (Meksika), Ronaldo (Braziliya), Terri Anri (Franciya), Lukash Podolski (Germaniya), Fernando Torres, David Vilya (Ispaniya) - 3tadan.

Nodirxo'ja Yuldashev va Behzod Nazarov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика