JCHga 11 kun qoldi. Germaniya-1974
01 iyu 2014 16:17
Yangiliklar


JCHga 11 kun qoldi. Germaniya-1974
Angliya, Ispaniya, Franciya, Portugaliya, Vengriya, Belgiya, Meksika, CHexoslovakiya va Sobiq Ittifoq terma jamoalari bu safar JCHdan mahrum bo'ladilar. Jahon chempionati saralash o'yinlarida omadi kelmagan jamoalar o'rniga Avstraliya, Zoir, Gaiti va GDR (Germaniya demokratik Respublikasi). SHu paytgacha JCHlarda GFR (Germaniya federal Respublikasi) ishtirok etib kelgandi. Mundialga esa GFR mezbonliq qilgan. Saralash o'yinlarida esa 99ta mamlakat ishtirok etgan.
Avvalgi kubokni butunlay o'z-o'ziniki qilib olgan Braziliya esa yangi yasalgan kubok uchun yo'lga chiqqan edi. Musobaqa avvalida FIFAga yangi prezident saylanadi. Braziliyalik Joao Avelanj davriga kelib jahon chempionati formatiga o'zgartirish kiritiladi. Endi guruh o'yinlaridan keyingi bosqichga chiqqan terma jamoalar, ikki guruhga bo'lingan holda kurashni davom ettirishlari, guruh g'oliblari finalda, ikkinchi o'rin egalari esa bronza medallari yo'lida kurash olib borishlari lozim edi.
Mashhur Yoxan Kruiff Argentinaga qarshi o'yinda
Qizig'i shundaki, quraga ko'ra GFR va GDR terma jamoalari bir guruhdan o'rin oladi. Bu terma jamoalar ishtirokidagi uchrashuvni urugvaylik Ramon Barreto boshqaradi. Bu o'yin futboldan tashqari siyosat ham edi. Bahsda GDR g'alaba qozonib guruh g'olibi bo'ladi. Yulduzli tarkib esa GFRda edi. GFR "Bavariya", "Borussiya", "Ayntraxt", "SHalke 04" jamoalaridan tarkib tuzgan. Yana "Real Madrid" sharafini himoya qilgan Gyunter Netcer ham shu mintaqadan o'rin olgan. Murabbiy Xelmut SHyon edi. GDR esa mahalliy jamoalar - "Karl Ceyss", "Dinamo" va "Lokomotiv" futbolchilari evaziga shakillangan edi. Buvosita nomlarga etibor bersak, ustunlik GFRda edi. Zepp Mayer, Berti Fogts, Franc Bekkenbauer, Uli Xyoness, Yupp Xaynkes va Gerd Myuller kabi futbolchilar aynan shu mundialda jahon kubogini boshlari uzra ko'targanlar.
Pelesiz Braziliya bu safar ancha kuchsizlanib qolgandi. Ko'pchilik futbol muxlislari, shaxsan jamoa bosh murabbiyi Mario Zagalo ham Jairzinoga katta umid bildirgan paytda "Botafogo" hujumchisining bir o'zi katta bosimni ko'tara olmaydi. Braziliya guruhda Yugoslaviyadan keyin ikkinchi bo'ladi.
1974 yil TOTAL futbol dunyo bo'ylab talqin qilinadi. Bu paytga kelib TV allaqachon rivojlanib ulgurgandi. FIFAning asosiy daromadi ham TVdan bo'lgan. SHu erda total futbol haqida qisqacha malumotni keltirib o'tsam. Aslida total futbol ancha yil avval o'ylab topilgan, ammo uni hamma ham bilmasdi. Bir o'yinchi, o'yin davomida boshqa ampluaga o'tishi yoki hujumdan himoyaga, himoyadan hujumga qaytishi kabi holatlar total futbol deb nom olgan. Unga qadar jamoalardagi har bir futbolchi maydonda faqat o'zi uchun ajratilgan nuqtada o'ynardi. Bu uslub Vengriya terma jamoasi tomonidan yo'lga qo'yilgan bo'lib, "Ayaks"ning angliyalik murabbiyi Jek Reynolds uni mukammallashtiradi. Aynan total futbol orqali jamoa 1972 yil kubok egalari kubogi finalida "Inter"ni mag'lubiyatga uchratadi. Reynolds qo'l ostida "Ayaks" sharafini himoya qilgan Rinus Mixels keyinchalik Gollandiya terma jamoasining bosh murabbiyiga aylanadi va JCH-70da o'z shogirdlarini aynan shu taktikada o'ynatadi.
Pol Braytner va Franc Bekkenbauer
Uning qo'l ostida kimsan "Barselona" tirik afsonavisi Yoxan Kroyf to'p tepardi. Bu taktikaga hamma ham turib bera olmadi. Avvaliga Urugvay, keyin Bolgariya keyingi guruhda Argentina va Braziliya maydonda nima bo'layotganini tushuna olishmagandi. Birgina Gollandiya Janubiy Amerkadan kelgan turnir favoritlarini navbatma-navbat uyiga jo'natadi. Qizig'i shundaki, total futboldan biroz xabari bo'lganlargina Gollandiyaga qarshilik qila olishgan. Birinchi guruh o'yinlarida SHveciya lolalar bilan 0:0 hisobini qayd etadi, finalda esa GFR 2:1 hisobida g'alaba qozonadi. O'yinning 2-daqiqasidayoq Kroyf ishlagan penaltini Neskens aniq amalga oshirib Gollanidiyani hisobda oldinga olib chiqadi, ammo birinchi bo'limning o'zidayoq hisobda oldinga o'tib olgan nemislar natijani ushlab qola oladilar.
JCH-1970da ilk marotaba doping test o'tkaziladi. Ilk "qurbon" Gaiti futbolchisi Jan-Jozef bo'ladi. Uning qonidan qandaydir dori vositasi topiladi. JCHning yana bir ahamiyatli tomoni shunda ediki, ilk marotaba musobaqaga atab qo'shiq yoziladi. 2010 yilgi JCH gimni SHakira tomonidan aytilganini hammangiz bilsangiz kerak. 1974 yil esa o'sha davrning eng mashhur qo'shiqchisi bo'lgan polshalik ayol xonanda Marilya Rodovich "Futbol" nomli qo'shig'ini aytadi.
Yoxan Kruiff jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. Yil yakunida esa haqli ravishda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi. JCHdan so'ng Kruiff terma jamoa safidagi faoliyatini tugatishini aytadi. Ammo ko'p o'tmay JCH-1978 saralash o'yinlarida yana terma jamoasiga yordam beradi. Uch ranglilar mundial yo'llamansini qo'lga kiritgach, hammani hayratga solgan holda terma jamoani tark etadi. SHu kungacha futbolchi nima sababdan shunday qarorga kelganiga izoh bermagan.
1974 yilgi mundial g'oliblari
3-o'rin uchun
Braziliya - Polsha 0:1
Gol: Lyato, 76
Final
Gollandiya - GFR 1:2
Gollar: Neeskens, 2 (penalti) - Braytner, 25 (penalti), Myuller, 43
Gollandiya: Yongblad, Krol, Riysbergen (de Yong, 69), Surbier, Xaan, van Xanegem, Yansen, Neeskens, Kruiff, Rensenbrink (Rene van de Kerkxof, 46), Rep
GFR: Mayer, Fogts, Braytner, SHvarcenbek, Bekkenbauer, Overat, Bonxof, Grabovski, Myuller, Xeness, Xelcenbayn (Peru)
To'purarlar: Gjegoj Lyato (Polsha) – 7, Yoxan Neeskens (Gollandiya), Anjey SHarmax (Polsha) - 5
Xorij malumotlari asosida
Nodirxo'ja Yuldashev tayyorladi.

Fikrlar