So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  10 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  37 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

JCH-2014 stadionlari. “Arena Amazoniya” (Manaus) Yangiliklar

JCH-2014 stadionlari. “Arena Amazoniya” (Manaus)

2014 yilgi Jahon chempionatini qabul qiluvchi stadionlar bilan tanishtirishni davom ettiramiz.
Bunga qadar San Paulu shahridagi “Arena de Korintians”, Natal shahrida barpo etilgan “Arena das Dunas” hamda Manausdagi “Estadio Kastelan” stadionlari haqida malumot bergandik.

Braziliyadagi mundial uchun katta stadionlar qurib tashlandi. Lekin Jahon chempionati o'tib bo'lganidan so'ng ushbu stadionlarning ko'pchiligi klublarga tegishli bo'lmaydi. Manaus shahrida ham 43 ming o'rinli stadion qurildi, biroq unda qaysi klub o'ynashi hozircha nomalum.


 
"Arena Amazoniya" stadioni keyinchalik faqat futbol o'yinlari uchun xizmat qilmaydi. Uning yonidagi mehmonxonalar, restoranlar, barlar, magazinlarda insonlar ko'ngilochar tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin. Stadion atrofida o'rmon va boshqa tabiiy o'simliklarga boy bog'lar bor.
 
Stadionning o'zi hozir ancha ommalashib qolgan ekologik mahsulotlardan qurildi. Bu arenada guruh bosqichining to'rtta o'yini bo'lib o'tadi. Keyinchalik 40 mingdan oshiq tomoshabinga mo'ljallangan stadionda Braziliyaning to'rtinchi divizioni va Amazonas shtati klublari o'yinlarini o'tkazishlari rejalashtirilgan.

 

To'liq nomi: "Arena da Amazônia"
Qurilish boshlangan: 2011 yil
Stadion qurib bo'lingan: 2014 yil 9 mart
Stadion egasi: Amazonas shtati hokimiyati
Stadion sig'imi: 42374
Maydon uzunligi: 105x68
Stadion rasmiy sayti: arenadaamazonia.com.br



Qizilqarli faktlar
Ushbu stadion atrofida dunyodagi eng katta o'rmonlardan biri bo'lgan shaharda joylashgan;

Stadion tomidagi maxsus qurilmalar suvlarni to'playdi, keyinchalik bu suvlarni maydonni sug'orish va xo'jalik ishlarida ishlatish mumkin;

Yoritish tizimlari qisman quyosh energiyasi orqali ishlaydi;

Musobaqa tugagach stadionda turli koncertlar va ko'rgazmalar bo'lib o'tadi.



Bu stadiondagi barcha o'yinlar:
14 iyun

Angliya – Italiya

18 iyun
Kamerun - Xorvatiya

22 iyun
AQSH - Portugaliya

25 iyun
Gonduras - SHvecariya


Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика