So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  10 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  4 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  38 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Gollandiya Yangiliklar

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Gollandiya

Jahon chempionatining navbatdagi ishtirokchisi "V" guruhi vakili Gollandiya terma jamoasi haqida so'z yuritamiz.

Gollandiya futbol associyaciyasi 1879 yilda tashkil etilgan. Terma jamoa esa o'zining ilk rasmiy uchrashuvini 1905 yil, 30 aprelga kelib o'tkazgan. Gollandiyaliklar birinchi mundialda ishtirok etishmagan. Keyinchalik esa tezda etakchilar qatoridan o'rin olishgan va g'oliblikka asosiy davogarlar sifatida qatnashishgan.


Bu o'lka vakillarining eng gullagan davri bu 1974 va 1978 yillardagi mundialda kuzatilgan. Har ikkala chempionatda ham ular so'nggi bekatgacha borishgan. Lekin eng alamlisi, ular finalda raqiblariga imkoniyatni boy berishgan. Bu muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Gollandiya ketma-ket ikki bor mundialga chiqa olmagan. Kuchli tarkib va malakali murabbiyga ega gollandlarga ha deganda omad kulib boqmagan. 1978 yildagi finaldan so'ng, ular yaqinda JARda bo'lib o'tgan chempionatda yaxshi ishtirok etishdi va finalga qadar etib kelishdi. Taqdirni qarangki, bu safar ham ular final o'yinida g'alaba qozonishni uddasidan chiqa olishmadi. 2010 yilgi final bellashuvi davomida Gollandiya terma jamoasi o'yinni yaxshi olib borayotgandi va bir necha qulay vaziyatlarga ega chiqqandi ham. Lekin o'sha Aren Robbenning Iker Kasilyas bilan ikki bor birga-bir vaziyatini gollandiyalik futbol ishqibozlari haligacha eslab turishadi. O'shanda Aren Robben Iker Kasilyasni dog'da qoldira olmagan va yakunda qo'shimcha bo'limlarda Andreas Inestaning yagona goli Gollandiyani yana finalda mag'lub bo'lishini taminlagandi.

Robin van Persi va Aren Robbenga ko'p narsa bog'liq


Futbol jamoatchiligi Gollandiya terma jamoasini "omadsizlar" deb bekorga tilga olmaydi. Ular shu kungacha uch marotaba finalga qadar etib kelishgan bo'lsa, ularning hech birida asosiy masalani hal eta olishmagan. Bu narsa futbolchilarning ruhiy tushkunligiga ham sabab bo'lganini ko'pchilik etirof etib keladi. Bu narsa futbolchilarga hal etuvchi bahs oldidan katta bosim yuklashi bor gap. Gollandiyaliklar ushbu yilda ham g'oliblikka asosiy nomzodlar qatoridan o'rin olishgan. Lui van Gaal boshqaruvidagi ushbu terma jamoa Braziliyada o'zining birinchi Jahon kubogini qo'lga kiritishni maqsad qilmoqda.

Butun mamlakat jamoasidan faqat bosh sovrin bilan qaytishini kutmoqda



Uchar gollandlar uchun bu mundial o'ninchi ishtirok hisoblanadi. Ular shu kungacha to'qqiz marotaba Jahon chempionatida ishtirok etishgan. Jami bo'lib 42 o'yinda harakat qilgan gollandlar, shularning 22 tasida g'alaba qozonishgan bo'lsa, 10 o'yinda durang qayd etishgan va yana shuncha bahsda mag'lubiyatni tan olishgan.
Gollandiyalik futbolchilar Jahon chempionatlari bahsida raqiblari darvozasiga 71 bor yo'l topa olishgan va o'z darvozalaridan 44 marta to'p olib chiqishgan.

Lui van Gaalning eng ishongan futbolchisi - bu van Persi


Ayni paytda jamoani boshqarib turgan Lui van Gaal Braziliyadagi chempionatdan so'ng terma jamoani tark etadi. Lui van Gaal ketishi oldidan Gollandiya terma jamoasi uchun yangi tarix yaratib ketish ilinjida ish olib bormoqda. Kuchli mutaxassisga ega bo'lgan bu terma jamoa Jahon kubogi uchun kurashishi kutilmoqda. Bu ishni ular qay darajada uddalay olishadi yoki yo'q buni vaqt ko'rsatadi.

Hozirgi tarkibga nazar tashlaydigan bo'lsak, Aren Robben, Uesli Snayder, Robin van Persi va de Yong kabi tajribali futbolchilar bor. Qolgani esa Gollandiya chempionatida ishtirok etadigan mahalliy yoshlardan iborat. Bu futbolchilarni mundialda yarq etib chiqish ehtimoli yuqori. Lekin bu tarkib bilan jamoa o'z oldiga qo'ygan maqsadiga eta olishi qiyin masala. Lui van Gaal esa Jahon chempioni bo'lishiga ishonayotgani va bu borada o'z rejasi borligini malum qildi. 


Gollandiya terma jamoasi ushbu mundialda bir qator iqtidorlarni jahonga ko'z-ko'z qilishi haqiqatga yaqinroq. Bu terma jamoa safida yuqori istedod sohiblari to'p tepib kelishgani hech kimga sir emas. Balki aynan tajriba va yosh istedodlarning ishtiyoqini birlashtirib, Lui van Gaal o'z muxlislarining eng katta orzusini ruyobga chiqarishi mumkin.

Robben 2010 yildagi aybini yuvish uchun otlanmoqda



Gollandiya terma jamoasi o'z vaqtida jahon futboliga Rud Gullit, van Basten, Edvin van der Sar, Edgar Davids, Ronald de Bur, Budeveyn Zenden, Patrik Klyuyvert, Filipp Koku, Yoxan Kruiff, Roy Makaay, Mark Overmars, Frank Rayykard, Rud van Nistelroy, Yap Stam, Dennis Bergkamp kabi ijrochilarni etkazib bergan.
Ushbu mundialda ishtirok etadigan futbolchilar orasidan ham shunga o'xshash iqtidorlar etishib chiqsa ajab emas.


Gollandiya terma jamoasi haqida:

Tashkil topgan yil
: 1879

Mintaqasi
: UEFA

Bosh murabbiy
: Lui van Gaal

Jamoa sardori: Robin van Persi

Eng ko'p o'ynagan futbolchi
: Edvin van der Sar (130 o'yin)

Eng yaxshi to'purar: Robin van Persi (41 gol)

Ilk o'yini: Belgiya - Gollandiya 1:4 (1905 yil)

Eng yirik g'alabasi: Gollandiya - San-Marino 11:0 (2011 yil)

Eng yirik mag'lubiyati: Germaniya - Gollandiya 7:0 (1959 yil)

FIFA reytingidagi o'rni: 9

Erishgan yutuqlari:

Evropa chempioni: (1988)

Jahon chempionati kumush medali sohibi
: 3 marta (1974, 1978, 2010)   


Yaqin orada Braziliya stadionlarida aynan shunday ko'rinishdagi muxlislarga ko'zimiz tushsa ajab emas



Gollandiya terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi:

Darvozabonlar
: Sillessen ("Ayaks"), Vorm ("Suonsi"), Krul ("Nyukasl"), Zut (PSV).

Himoyachilar
: Verxaeg ("Augsburg"), van Aanxolt ("Vitess"), Yanmaat ("Feyenoord"), Veltman ("Ayaks"), de Vriy ("Feyenoord"), Vlaar ("Aston Villa"), Martins Indi ("Feyenoord"), Rekik (PSV), Kongolo ("Feyenoord"), Blind ("Ayaks").

Yarim himoyachilar
: Fer ("Norvich"), de Yong ("Milan"), Klasi ("Feyenoord"), de Guzman ("Suonsi"), Viynaldum (PSV), Sneyder ("Galatasaray"), van der Vaart ("Gamburg"), Vilena ("Feyenoord").

Hujumchilar: Promes ("Tvente"), Robben ("Bavariya"), Butius ("Feyenoord"), van Persi (MYU), Xuntelaar ("SHalke"), Keyt ("Fenerbaxche"), Lens ("Dinamo" K), Depey (PSV).

Yakuniy ruyxatdan 23 futbolchi o'rin oladi.


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика