So’nggi yangiliklar

14:16Ўзбекистон Кубогида қайси жамоа ғолиб чиқади? Сунъий интеллект жавоб берди  2 13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  5 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  3 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  9 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  11 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  5 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1

JCH-2014. Kosta Rika - Greciya. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Kosta Rika - Greciya. PREVYU

Ushbu juftlikdan chorak finalga chiqqan jamoa kuchli sakkiztalik ichida eng kuchsizi bo'lishi mumkin. Ammo bugungi jang keskin o'tishi turgan gap.
Deyarli hech kim 1/8 finalda bunday juftlikni ko'raman deb o'ylamagandi. Kosta-Rika va Greciya guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tdi. Kostarikanliklar juda kuchli raqiblar joylashgan guruhdan birinchi o'rin bilan chiqdi, Greciya esa ilk turda Kolumbiyadan uchralgan mag'lubiyatdan (0:3) so'ng o'ziga kela oldi.

Ikkala jamoa himoyada yaxshi o'ynay oladi. Greciyada 15 yildan buyon bunday o'yin uslubi oddiy holdek qabul qilinadi, Kosta-Rika bu musobaqada faqat bir bor, penaltidan gol o'tkazib yubordi. Bundan tashqari raqiblar ushbu jamoa darvozasi tomon 7 marta zarba berishdi xolos. Himoyani yaxshi ko'radigan ikki jamoa chorak finalga chiqish uchun kurash olib borishadi.



Kosta Rika - Greciya
30 iyun. 01:00
Bosh hakam:
Benjamin Uilyams (Avstraliya)
Yordamchi hakamlar: Metyu Krim (Avstraliya), Xoqon Anaz (Avstraliya)
Zaxira hakami: Navaf SHukralla (Bahrayn).

Taxminiy tarkiblar:
Kosta-Rika: Navas - Gamboa, Duarte, Gonsales, Umanya, Dias - Borjes, Texeda - Ruis, Bolanos - Kempbell

Greciya: Karnezis - Torosidis, Manolas, Papastatopulos, Xolebas - Karagunis, Kacuranis, Maniatis - Salpingidis, Samaras, Xristodulopulos

Jarohat olganlar: Kone (Greciya)

Diskvalifikaciya qilinganlar: yo'q

Bittadan sariq kartochkasi borlar: Gonsales, Kubero - Salpingidis, Samaras, Papastatopulos, Torosidis



O'yindan oldingi fikrlar


Xorxe Luis Pinto (Kosta-Rika bosh murabbiyi):

"Bizning asosiy qurolimiz kuchli himoyaviy tizimimiz. U faqat uchta yoki to'rtta futbolchidan iborat emas. Himoyada barcha o'ynay oladi, bundan tashqari himoyada tartibli harakat qilamiz".

Fernandu Santush (Greciya bosh murabbiyi):

"Kot D'Ivuarga qarshi o'yinda ham himoyalanib ham hujumga o'ta olishimizni ko'rsatib berdik. Bir qator vaziyatlar yaratdik, ammo oxirigacha hujum qilishda davom etdik".



Qiziqarli faktlar


- Bu ikki jamoa biron marta ham o'zaro o'yin o'tkazishmagan.

- Kosta-Rika hozircha mundialda o'yindan gol o'tkazgani yo'q. Urugvaylik Kavani penaltidan to'p kiritdi. Urugvay, Italiya va Angliya terma jamoalari Kosta-Rikaga qarshi o'yinlarda jami 7 bor zarba berishdi xolos;

- Greciya Jahon chempionatlarida 9ta o'yinda faqat 2 marta g'alaba qozongan. Qizig'i ikkala g'alaba Afrika jamoalari ustidan qo'lga kiritilgan - Nigeriya va Kot D'Ivuar;

- Greciya xalqaro musobaqalarda 7 bor zafar quchgan. Ular hech qachon raqib ustidan ikki to'p farqi bilan yuta olmagan: to'rt bor 1:0 va uch bor 2:1 hisobi qayd etilgan.


Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика