So’nggi yangiliklar

12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  0 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  2 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  1 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  5 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  68 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5

JCH-2014. Kolumbiya - Urugvay. Prevyu Yangiliklar

JCH-2014. Kolumbiya - Urugvay. Prevyu

Kolumbiya va Urugvay 1/8 final bosqichida to'xtab qolishmoqchi emas, shu bois ikki Janubiy Amerika jamoasining to'qnashuvi qiziqarli o'tishiga shubha yo'q.
Kolumbiya dastlabki ikki turdan so'ng keyingi bosqich masalasini hal qilib bo'lishgandi. SHu bois Yaponiyaga qarshi aralash tarkib bilan o'ynadi. Urugvayliklar esa mundialni mag'lubiyat bilan boshldi va faqat so'nggi turda Italiyani dog'da qoldirib pley-offga chiqdi. Ammo bitta o'yindan iborat bo'lgan bahslarda Urugvayning tajribaliroq ekanligi barchaga ayon.



Kolumbiya - Urugvay
29 iyun. 01:00
Bosh hakam
: Byorn Kuypers (Gollandiya)
Yordamchi hakamlar: Sander Van Rokel (Gollandiya), Ervin Zeynstra (Gollandiya)
Zaxira hakami: Sveyn Oddvar Mun (Norvegiya).

Taxminiy tarkiblar:
Kolumbiya
: Ospina - Armero, Sapata, Yepes, Suniga - Karlos Sanches, Agilar - Kuadrado, Jeyms Rodriges, Ibarbo - Teo Guterres

Urugvay: Muslera - Kaseres, Ximenes, Godin, A.Pereyra - Gonsales, Rios, Kristian Rodriges - Lodeyro - Forlan, Kavani

Jarohat olganlar: Lugano (Urugvay)

Diskvalifikaciya qilinganlar: Suares (Urugvay)

Bittadan ogohlantirishga ega: Karlos Sanches, Guarin - Muslera, Godin, Lugano, Rios



O'yindan oldingi fikrlar

Xose Pekerman (Kolumbiya bosh murabbiyi):


"Urugvayga qarshi o'yinga jiddiy tayyorlanayapmiz. Suares bo'ladimi yoki bo'lmaydimi farqi yo'q, raqib juda kuchli. Ularning tarkibida tashvish tug'dira oladigan futbolchilar etarli. Bu biz uchun katta sinov. O'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmagan holda g'alaba sari yurish kerak".

Oskar Tabares (Urugvay bosh murabbiyi):

"Suares xato qildi, biroq guruhdan chiqishimizda u katta rol o'ynadi. Urugvay muxlislari xotirjam bo'lishsin. Suaresning ketishi bizga yomon tasir qilmaydi. Kolumbiyaga qarshi o'yinda chorak finalga chiqish uchun barcha ishni qilamiz".



O'zaro o'yinlar:

Bitta qita jamoalari o'zaro 38 marta to'qnash kelishgan. 11 marta Kolumbiya, 18 marta Urugvay zafar quchgan. 9 bor g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. To'plar nisbati Urugvay foydasiga: 54:43.

Bu jamoalar o'rtasidagi oxirgi bahs (11.09.2013) Urugvay - Kolumbiya 2:0 (Gollar: Kavani, Stuani)

- 1962 yilgi mundialda ushbu ikki jamoa to'qnash kelishgan. Urugvayning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugagan bahsda Kolumbiya terma jamoasi darvozasiga Diego Forlanning bobosi Xuan Karlos Korasso urgan;



Qiziqarli faktlar

- Kolumbiya ketma-ket 10 o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti. So'nggi bor jamoa 2013 yil sentyabr oyida aynan Urugvayga imkoniyatni boy berib qo'ygandi;

- Kolumbiya faqat bir marta Jahon chempionati pley-off bosqichida ishtirok etgan. 1990 yildagi Kamerunga qarshi bahsda jamoa mag'lub bo'lgan (1:2);

- Urugvay 2010 yilgi JCHda Franciya bilan 0:0 hisobida durang o'yganidan so'ng mundiallarda 8ta o'yin o'tkazdi va barchasida kamida bittadan gol urdi;

- Urugvay safida Luis Suares maydonga tushmagan oxirgi ikki o'yinda yutqazib qo'ygan: 2010 yil Gollandiyaga (2:3) va 2014 yil Kosta-Rikaga (1:3).


Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика