So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  12 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  4 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  40 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

JCH-2014. Gollandiya - Kosta-Rika. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Gollandiya - Kosta-Rika. PREVYU

Kostarikaliklar bugun Jahon chempionatida navbatdagi sensaciyani yuzaga keltirishga urinib ko'rishadi.
CHorak final juftliklari orasida favorit va autsayderga ega bo'lgan o'yin aynan mana shu hisoblanadi. Kosta-Rika o'z tarixidagi eng yaxshi natijaga erishib bo'ldi. Gollandiya esa ushbu raqibni mag'lub etib yarim finalga chiqmasa o'zini kechira olmaydi. Ammo Kosta-Rika guruhda Urugvay, Italiya va Angliyani ortda qoldirganini yoddan chiqarmang, 1/8 finalda esa penaltilar seriyasida Greciyani taslim qildi. Lekin gollandlar yuqoridagi jamoalardan ko'ra yorqinroq o'yin namoyish etayotganini tan olish ham kerak.



GOLLANDIYA - KOSTA-RIKA
6 iyul. 01:00
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Abdulhamidillo Rasulov (O'zbekiston), Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston)
Zaxira hakami: Noumandiez Due (Kot D'Ivuar)

Taxminiy tarkiblar:

Gollandiya
: Silessen - de Vrey, Vlaar, Martins Indi - Yanmaat, de Guzman, Blind, Kuyt - Snayder - Robben, van Persi

Kosta-Rika: Navas - Gamboa, Umanya, Gonsales, Akosta, Dias - Ruis, Borxes, Texeda, Bolanos - Kempbell

Jarohat olgan: N. de Yong (Gollandiya)

Diskvalifikaciya qilingan: Duarte (Kosta-Rika)

Bittadan sariq kartochkasi borlar: Blind, de Vrey, de Guzman - Navas, Gonsales, Kubero, Texeda, Ruis



O'yindan oldingi fikrlar

Lui van Gaal (Gollandiya bosh murabbiyi):

"Kosta-Rika xuddi bizga o'xshab o'ynaydi va hujumlar tashkil qildi. Maqsadimiz – Jahon chempioni bo'lish. Biz buyuk jamoa emasmiz, ammo bizni mag'lub etish qiyin. Hozirga qadar o'zimizga kerakli natijaga erishish uchun o'ynadik, finalga qadar shunday bo'lishini istaymiz".

Xorxe Luis Pinto (Kosta-Rika bosh murabbiyi):

"FIFA va o'yin hakamlaridan Robbenga etiborliroq bo'lishlarini so'rab qolaman. U simulyaciya ishlatganini tan oldi, shu bois hakamlar uni diqqat bilan kuzatishsing".



Qiziqarli faktlar

Bu ikki jamoa oldinlari umuman to'qnash kelishmagan.

2002 yil AQSH terma jamoasi Jahon chempionati chorak finaliga chiqqandi. O'shandan buyon ilk bor KONKAKAF mintaqasi jamoasi Kosta-Rika chorak finalga chiqdi.

Gollandiya mundialning oxirgi to'rtta o'yinida bahs davomida hisobda ortda borayotib yakunda g'alaba qozondi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика