So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  26 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

JCH-2014. Germaniya ketma-ket to'rtinchi marta yarim finalda! Yangiliklar

JCH-2014. Germaniya ketma-ket to'rtinchi marta yarim finalda!

Braziliyada davom etayotgan mundialning dastlabki yarim finalchisi nomi malum bo'ldi.
Franciya va Germaniya o'rtasidagi o'yin kutilganidek shiddatli o'tgani yo'q. Sababi ikkala jamoa ham ehtiyotkor o'ynab etiborni natijaga qaratishdi.

Uchrashuvdagi hisob 13-daqiqada nemislar tomonidan ochildi. Kroosning jarima to'pidan uzatib bergan to'pini Mats Xummels bilan bilan Ugo Loris qo'riqlayotgan darvozaning yuqori burchagiga joylab qo'ydi - 0:1.



Gol o'tkazib yuborgan francuzlar katta kuch bilan oldinga o'tmadi. 34-daqiqada Valbuenaning zarbasini Noyer qaytardi, qaytgan to'pni Benzema darvozaga yo'llay olmadi. Bo'lim so'nggida 42-daqiqada chap qanotdan oshirilgan to'pni Benzema boshi bilan darvozaga yo'lladi, Xummels qorni bilan to'pni qaytardi.

60-daqiqada o'ng qanotdan oshirilgan to'pni Varan baland sakrab boshi bilan darvozaga zarba berdi, bu safar ham Noyer o'zini ko'rsatdi.

76-daqiqada jarima maydoniga uzatilgan to'pni Benzema qabul qilib darvozaga zarba berdi, Xummels to'p yo'liga qalqon bo'ldi, keyingi daqiqada Noyer Matyuidining o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasini bartaraf etdi.



82-daqiqada SHyurlle o'yinga nuqta qo'ishi mumkin edi. Germaniyaning tezkor qarshi hujumi vaqtida Ozilning pasidan so'ng Myuller zarba bera olmadi, undan o'tib ketgan to'pni SHyurlle darvozaga sekin yo'llab qo'ydi, Loris oyoqlari bilan to'pni qaytardi.

Bahs tugashi arafasida Myuller o'ng qanotdan oldinga o'tib ajoyib pas berdi, SHyurllening zarbasi yo'liga Varan to'g'anoq bo'ldi.

Hakam tomonidan qo'shib berilgan so'nggi daqiqada Benzema jarima maydoni ichidan yaqin masofadan darvozaga zarba berdi, Noyer qoyilmaqom reakciya ko'rsatib to'pni qaytarib yubordi.

SHunday qilib Germaniya ketma-ket to'rtinchi marta Jahon chempionati yarim finaliga yo'llanma oldi. Nemislarning yarim finaldagi raqibi bugun tunda bo'lib o'tadigan Braziliya - Kolumbiya uchrashuvidan so'ng aniqlanadi.



JCH-2014. 1/4  final
FRANCIYA - GERMANIYA 0:1
Rio-de-Janeyro. “Marakana” stadioni.
Bosh hakam:
Nestor Pitana (Argentina)
Gol: Xummels, 13 - 0:1
Franciya: 1.Ugo Loris, 2.Mate Debyushi, 4.Rafael Varan, 5.Mamadu Saxo (21.Loran Koselni, 72), 3.Patris Evra, 6.Yoan Kabay (20.Loik Remi, 74), 19.Pol Pogba, 14.Blez Matuidi, 8.Mate Valbuena (9.Olive Jiru, 84), 10.Karim Benzema, 11.Antuan Grizmann

Germaniya: 1.Manuel Noyer, 16.Filipp Lam, 4.Benedikt Xovedes, 5.Mats Xummels, 20.Jerom Boateng, 6.Sami Xedira, 7.Bastian SHvaynshtayger, 18.Toni Kroos (23.Kristof Kramer, 90+2), 8.Mesut Ozil (19.Mario Gyotce, 82), 13.Tomas Myuller, 11.Miroslav Kloze (9.Andre SHyurlle, 69)

Ogohlantirishlar: Xedira 54, SHvaynshtayger 80.


Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика