So’nggi yangiliklar

12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  1 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   0 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   5 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   10 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  2 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  1 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  11 07:30"Манчестер Сити"ни яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5

JCH-2014. Eron - Nigeriya. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Eron - Nigeriya. PREVYU

"F" guruhidan o'rin olgan Gana va AQSH terma jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.
10-15 yil oldin Eron va Nigeriya terma jamoalari o'z qitalarida tengsiz edilar. Keyin birdagina ikkala jamoada pasayish kuzatildi, endi tezkorlik bilan yana o'z mavqelarini tiklashmoqda. Masalan, ular oxirgi uchta mundialning ikkitasida 2006 yilda guruh bosqichidan chiqa olishmadi. Guruhda bitta yaqqol favorit va uchta teng kuchli jamoalar bor. SHu bois Eron va Nigeriyada pley-off uchun kurashishlari mumkin.



Karlush Keyrush Eronni himoyaviy jamoaga aylantirdi, jamoa Osiyo qitasidagi saralashda kam gol urdi va kam gol o'tkazdi. Jamoa himoyada o'ynashdan uyalmaydi, forslar musobaqa davomida kamdan kam holda boshqacha o'ynashadi.

Nigeriya ustozi Stiven Keshi oxirgi o'rtoqlik uchrashuvlarida asosiy tarkibni tanlab olishga urindi. Ammo asosiy qanot himoyachisi Echiejilening jarohat olishi murabbiyni qiyin holatga solib qo'ydi. Nigeriyaning ilk o'yin uchun tarkibini topish juda qiyin.


Eron - Nigeriya
17 iyun. 00:00
Bosh hakam:
Karlos Vera (Ekvador)
Yordamchi hakamlar: Kristian Leskano (Ekvador), Bayron Romero (Ekvador)
Zaxira hakami: Vilmar Roldan (Kolumbiya)

Taxminiy tarkiblar:
Eron:
A.Xagigi - Montazori, Hussayni, Sodig'i, Po'ladi - Teymuryan, Nekunam - Haydari, Dejaga, Xojsafi - Guchannajod

Nigeriya
: Enyama - Embrouz, Yobo, Oboabona, Oshaniva - Mikel, Onazi - Mozes, Odemvingie, Musa - Emenike

Jarohat olganlar: yo'q

Diskvalifikaciya: yo'q



Fikrlar

Karlush Keyrush, Eron bosh murabbiyi:

"Saralash biz uchun jahannamga aylandi, shu bois JCH guruh bosqichi biz uchun jannatga aylanadi. SHogirdlarim uchun bunday raqiblarga qarshi o'ynash sharaf. Har bir daqiqadan lazzat olib guruh bosqichidan chiqishga harakat qilishlarini kutaman".

Stiven Keshi, Nigeriya bosh murabbiyi:

"Tan olaman, Eron terma jamoasi bilan tanish emasman. Ammo o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga tayyormiz. Ularda tajribali murabbiy va kuchli futbolchilar bor. Eronga qarshi oson o'yin kutmayapman, sababi raqib ham bizga qarshi oson o'yin kutishmayapti".



O'zaro o'yinlar

Ushbu ikki jamoa tarixda faqat bir marta to'qnash kelishgan. 1998 yil Gonkongda bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida afrikaliklar 1:0 hisobida zafar quchishgan.

Qiziqarli faktlar


- Eron JCHlarda jami 9ta o'yin o'tkazgan. Forslar faqat bir marta g'olib bo'lishgan. 1998 yil AQSH taslim etilgan.

- Mundialdagi barcha o'yinlarda Eron kamida bittadan gol o'tkazgan.

- Nigeriya JCHda ketma-ket 8ta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti. So'nggi bor nigeriyaliklar 1998 yil Bolgariyani taslim qilishgan.


Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика