So’nggi yangiliklar

13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  1 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  9 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  7 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  5 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  9

JCH-2014. Braziliya penaltilar seriyasida yutib chorak finalga chiqdi Yangiliklar

JCH-2014. Braziliya penaltilar seriyasida yutib chorak finalga chiqdi

Braziliyadagi mundialning dastlabki chorak finalchisi nomi malum bo'ldi.
Braziliya va CHili o'rtasidagi bahs ancha tezkor tarzda boshlandi. Mezbonlar ham chililiklar ham hujumkor o'yin namoyish etishdi.

Hisob 19-daqiqada braziliyaliklar tomonidan ochildi. Neymar burchak to'pini amalga oshirdi, Tiago Silva to'pni boshi bilan darvoza sari oshirdi, bu erda himoyachi taqibidan qocha olgan David Luiz gol urdi - 1:0.



32-daqiqada Braziliya himoyachilar qo'pol xatoga yo'l qo'yishadi, buning natijasida Aleksis Sanches darvozani ishg'ol qildi - 1:1.

64-daqiqada CHili oldinga chiqib olishi mukin edi. Arangizning yaqin masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Julio Sezar qaytardi.



SHu tariqa o'yinning asosiy vaqtida durang qayd etildi. Qo'shimcha taymlarda ham ikkala jamoada imkoniyatlar bo'ldi. Ayniqsa 119-daqiqada CHili hujumchisi Pinilyaning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib qaytganida stadionga yig'ilgan muxlislar ux tortib yuborishdi.

120 daqiqa davomida g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagach penaltilar seriyasiga murojaat qilindi.

Futbol lotoreyasida Julio Sezar haqiqiy qahramon bo'ldi. U Pinilya va Aleksis Sanchesning zarbalaridan so'ng to'pni qaytardi. Braziliyalik Villian noaniq zarba berdi, Xalkning tepgan to'pini Bravo qaytardi.



So'nggi hal qiluvchi zarbada esa Gonsalo Xara darvoza ustunini nishonga oldi. Braziliya chorak finalda!  


JCH-2014. 1/8 final
BRAZILIYA – CHILI 1:1 (pen. 3:2)
Belu-Orizonte. “Mineyrao” stadioni.
Hakam
: Xovard Uebb (Angliya)
Qanotlardagi hakamlar: Maykl Mallarki, Darren Kenn
Zahiradagi hakam: Feliks Brix
Gollar: David Luis 18 - Sanches 32

Penaltilar seriyasi:
Aniq amalga oshirganlar:
David Luiz, Marselo, Neymar -  Arangiz, Diaz,
Noaniq tepganlar:
Villian, Xalk - Pinilya, Aleksis Sanches, Xara.

Braziliya: Julio Sezar, Dani Alvesh, Tiago Silva, David Luis, Marselo, Fernandino (Ramires, 72), Luis Gustavo, Oskar (Villian, 106), Xalk, Fred (Jo, 64), Neymar.

CHili: Klaudio Bravo, Euxenio Mena, Maurisio Isla, Gari Medel (Xose Roxas, 108), Gonsalo Xara, CHarlz Arangis, Fransisko Silva, Arturo Vidal (Maurisio Pinilya, 87), Marselo Dias, Eduardo Vargas (Felipe Guterres , 57), Aleksis Sanches.

Ogohlantirishlar: Xalk 55, Luis Gustavo 60, Jo 93, Dani Alvesh 105 - Mena 17, Fransisko Silva 40, Pinilya 102


Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика