So’nggi yangiliklar

17:00Про лига. "Арал" – "ФарДУ". Таркиблар эълон қилинди  0 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  0 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  9 15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  2 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   2 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  3 14:23"Эвертон" "Саутгемптон" вингерини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  1 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   2 13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   4 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  4 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  8 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0

JCH-2014. Braziliya – Kolumbiya. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Braziliya – Kolumbiya. PREVYU

Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatida bugundan chorak final bahslari start oladi.
Musobaqa g'olibligi uchun asosiy favoritlardan biri Braziliya bu bosqichda Kolumbiyani sinovdan o'tkazadi. Ko'pchilik chorak finalda Braziliyaga oson raqib tushdi deyayotgan bo'lishi mumkin, biroq Kolumbiya o'z o'yinlari orqali chorak finalga loyiqligini ko'rsata oldi va haqli ravishda shu bosqichgacha etib keldi. Endi esa buyog'i yarim finalga bir qadam qoldi.

Braziliya chiroyli o'yin namoyish eta olmayapti, lekin ular mezbon bo'lgani uchun ham etibor yuqori bo'lib qolaveradi. “Pentakampeonlar” avvalgi bosqichda CHili ustidan penaltilar seriyasida zo'rg'a g'alaba qozonishdi. Umuman olganda, Braziliyani har bir o'yinidan keyin tanqid qilishmoqda, lekin ular hozircha musobaqada va hali hech narsa yo'qotilmadi.



Xose Pekerman boshqarayotgan Kolumbiya esa guruhdagi uchala bahsni o'z foydasiga hal etdi. Nimchorak finalda esa Urugvay ustidan ishonchli tarzda g'alabaga erishdi, Jeyms Rodrigesning ikkita goli evaziga. O'zaro o'yinlardagi statistika shuni ko'rsatyaptiki, Braziliya har doim Kolumbiyani mag'lubiyatga uchratib kelgan. Kolumbiya Braziliyani oxirgi marta 1991 yil mag'lub etgan ekan.

O'yindan oldin kolumbiyaliklar tarkibida muammo yo'q. Ularning hamma futbolchilari bo'lajak bahsga tayyor. Lekin Braziliyada bitta katta yo'qotish bor: kartochkalar sabab Luis Gustavo navbatdagi bahsni o'tkazib yuboradi. SHunday ekan, uning o'rnida Fernandino yoki Paulino to'p tepishi mumkin.



JCH-2014. ¼ final
BRAZILIYA - KOLUMBIYA
Fortaleza. “Kastelan” stadioni
Bosh hakam: Karlos Velasko Karbalo (Ispaniya)

Taxminiy tarkiblar

Braziliya: Julio Sezar - Dani Alvesh, Tiago Silva, David Luis, Marselo - Paulino, Fernandino, Oskar - Xalk, Fred, Neymar

Kolumbiya: Ospina - Suniga, Sapata, Yepes, Armero - Sanches, Agilar - Kuadrado, J. Rodriges, J. Martines - Guterres

Diskvalifikaciya: Luis Gustavo (Braziliya)



Luis Felipe Skolari (Braziliya termasi bosh murabbiyi):
“Kolumbiya mazkur jahon chempionatini bezab turibdi. Raqib safida kuchli futbolchilar etarli, ular o'yinni yaxshi tashkil qila olishadi. CHili va Kolumbiyani taqqoslaydigan bo'lsam, chiliklar jangchi, kolumbiyaliklar esa texnika tomondan zo'r. O'ylashimcha, Kolumbiya CHilidan ancha kuchli”.

Xose Pekerman (Kolumbiya termasi bosh murabbiyi):
“Braziliya yarim finalga chiqishga harakat qiladi, bu esa ular uchun ortiqcha bosimni keltirib chiqaradi. Mahoratli futbolchilar ularda ham, bizda ham bor, demak maydonda chinakam “jang” ketadi”.

Qiziqarli faktlar
-   Barcha guruh g'oliblari chorak finalga qadar etib kelishdi
-   Kolumbiya o'z tarixida ilk marta JCH chorak finaliga chiqdi
-   Braziliya ketma-ket oltinchi marta chorak finalda o'ynaydi
-   Jeyms Rodriges to'rtta uchrashuvda ham gol urdi. 1998 yilgi JCHda Kristian Veri shunaqa natija ko'rsatgandi.

X.Xoliqov tayyorladi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика