So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  12 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  4 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  40 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

JCH-2014. Argentina – Belgiya. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Argentina – Belgiya. PREVYU

Braziliyada davom etayotgan jahon chempionatida bugun chorak finalning yana ikkita uchrashuvi bo'lib o'tadi.
“Mane Garrincha” nomli stadionda Argentina va Belgiya yarim finalga chiqish uchun o'zaro bahs olib boradi. Nimchorak finalda har ikkala jamoa ham qiyin uchrashuvni o'tkazdi. Argentina SHveycariya ustidan bir amallab g'alaba qozongan bo'lsa, Belgiya murakkab kechgan o'yinda AQSHni mag'lubiyatga uchratdi. Eng qizig'i, oldingi ikkita bahsda ham qo'shimcha bo'limlar o'ynaldi.

Mana endi tomonlar yarim finalga chiqish uchun o'zaro bahs olib borishadi. Albatta, favorit sifatida Argentina tilga olinayotgani bor gap, lekin Belgiyaning maqsadi mo'jiza ko'rsatish hisoblanadi va buning uchun ular oxirigacha kurashishga tayyor.



Bugun jarohati tufayli Serxio Aguero o'z jamoasiga yordam bera olmaydi. SHuningdek, Roxo sariq kartochkalar sabab o'yinni o'tkazib yuboradi. Uning o'rnida Basantaning harakat qilishi kutilmoqda. Agueroning o'rnida esa Lavessi emas, balki Rodrigo Palasio to'p suradi.

Belgiya termasi ustozi Mark Vilmots avvalgi bellashuvlarda tarkibni bir necha bor almashtirib ko'rdi. Lekin buyog'iga eksperimentlar ketmaydi. Murabbiy eng kuchli tarkibni tushirishga harakat qiladi. Avvalgi bellashuvda o'zini ko'rsata olmagan Origining o'rnini Lukaku egallaydi.



JCH-2014. ¼ final
ARGENTINA – BELGIYA
Bosh hakam: Nikola Riccoli (Italiya)

Taxminiy tarkiblar

Argentina: Romero - Sabaleta, F.Fernandes, Garay, Basanta - Maskerano, Gago, Di Mariya - Messi - Palasio, Iguain

Belgiya: Kurtua - Alderveyreld, van Byuyten, Kompani, Vertongen - Vitsel, Fellayni - Miralyas, de Breyne, Azar - Lukaku

Jarohat olganlar: Aguero - Vermalen
Diskvalifikaciya: Roxo (Argentina)

SHveycariya bilan kechgan bahsda Messi to'p kiritmagan bo'lsa-da, katta hajmdagi ishni bajardi. Qolaversa o'yin oxirlarida aynan uning to'p uzatishidan so'ng Di Mariya gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ko'pchilik Argentina terma jamoasi faqat Messidan iborat emas deyayotgan bo'lsa-da, aslida unday emas. Negaki bazi o'yinlarda ko'rdik, Messisiz Argentina qanday jamoaga o'xshab qolishini.



Alexandro Sabella (Argentina termasi bosh murabbiyi):
“Tarkibingda Messidek o'yinchi bor ekan, baribir unga bog'lanib qolasan. Butun jamoa kabi Messi ham bosh sovrin uchun kurashmoqda. U - dunyodagi eng yaxshi futbolchi, lekin ayni paytda jamoaning bir azosi xolos”.

Mark Vilmots (Belgiya termasi bosh murabbiyi):
“Men uchun jamoamda Messi yoki Neymarga o'xshagan alohida yulduz bo'lgandan ko'ra yakdil kollektiv bo'lgani maqul. Argentinaga qarshi bahsda biz favorit emasmiz, ammo raqib doim ham bir tekis o'yin ko'rsatmayapti. Bundan esa foydalanib qolmoqchimiz”.

Oxirgi uchrashuv - 26.06.1986. Argentina - Belgiya 2:0 (Maradona - 2)

Qiziqarli faktlar
- Argentina oxirgi uchta JCHda chorak finalga qadar etib kelgan va yarim finalga o'ta olmagan.
- Argentinaning to'p bilan o'rtacha muomalasi 64,3 foizni tashkil qilmoqda, bu esa chorak final ishtirokchilari orasida eng yaxshi ko'rsatkichdir.

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика