So’nggi yangiliklar

19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  0 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  3 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  0 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  8 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  9 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  5 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0

Jamshid Saidov: "Yoshlarimizdagi ishtiyoq meni xursand qilmoqda" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Yoshlarimizdagi ishtiyoq meni xursand qilmoqda"

Kecha bo'lib o'tgan "Mashal" - "Bunyodkor" (2:0) yoshlari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng "Mashal" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Jamshid Saidov bilan suhbatlashdik.
- Jamshid aka avvalo ketma-ket qo'lga kiritilgan g'alabalar bilan tabriklayman. Kechagi va Jizzaxdagi uchrashuvlar haqida fikringiz qanday?
- Rahmat. Kecha bo'lib o'tgan o'yin haqida gapiradigan bo'lsak, avvalo , biz amaldagi yoshlar ligasi g'olibiga qarshi maydonga chiqqanimizni bilar edik. SHu bois faqatgina jiddiy qarash va katta tayyorgarlik bilan maydonga tushdik. Muborakda katta futbolni yana qaytishini bayram sifatida boshlab berganimizdan xursandmiz.

- Maydondan harakat qilgan yigitlarning o'yinlaridan qoniqdim deya olasizmi? 2:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsak ham futbolchilarda jiddiy xatolar ko'zga tashlandi.
- Haqiqatdan ham mavsumdagi ikkiinchi uchrashuvni o'tkazdik. Kamchiliklar bo'ldi , lekin men yigitlarni o'yinidan to'liq qoniqdim. O'yindan ko'nglim to'ldi. Belgilangan vazifa g'alaba edi va uddaladik. Yigitlarga buning uchun minnatdorchilik bildiraman. Xatolar esa oshkor etilishidan foyda yo'q. Biz bularni alohida ko'rib chiqib muhokama qilamiz.

- Eldor SHomurodov bugun bir bo'lim davomida yaxshi o'yin ko'rsatdi va ikkinchi bo'limdan maydonda ko'rmadik.
- "Mashal"da yaxshi futbolchi ko'p. Biz hammasiga imkoniyat berishimiz shart. SHomurodovni o'yinidan qoniqdim va shu bois boshqa futbolchilarga imkoniyat berdim.

- Ikkinchi bo'limda jamoamiz asosan himoyaga etibor qaratdi. Bu taktik qo'llanma edimi yoki "Bunyodkor" imkoniyat bermadimi?
- Bu  birinchi bo'limdan keyin qo'llangan taktika edi. Biz hamma o'yinda ham hujumda o'ynamaymiz va bugungi ikkinchi bo'lim aynan himoyaviy o'yin bo'ldi. Qarshi hujumdan samarali foydalanishimiz va buni qo'llashimiz uchun kerak edi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика