Jamoalardagi o'zgarishlar: Kimga foyda-yu, kimga zarar? "Neftchi"
06 may 2014 14:00
Yangiliklar

Jamoalardagi o'zgarishlar: Kimga foyda-yu, kimga zarar? "Neftchi"
Kecha tarkibdagi o'zgarishlarning “Andijon” va “Navbahor”da qanday bo'lgani, ularning qanchalik salbiy tasir ko'rsatishi mumkinligi haqida to'xtalgandik.
Bu safar navbat “Neftchi” hamda “Qizilqum”ga etib keldi. Avvalgi mavsumlarda o'zgarishlar ko'proq navoiyliklarda bo'lardi. Biroq 2013 yilgi mavsum davomida va u yakuniga etgach, Farg'ona jamoasida ham katta o'zgarishlar yuzaga keldi. Ular haqida batafsil malumot beramiz.
“Neftchi” ko'p yillar davomida o'zgarishlar eng kam yuzaga keladigan jamoalardan biri edi. CHunki Yuriy Sarkisyan tarkibda katta o'zgarishlar qilmasdi, faqat yosh futbolchilar asosiy jamoaga kelib qo'shilardi. SHu sababli keyingi mavsum boshlanishi arafasida o'zgarishlar 10 foizdan kamroq bo'lardi. Lekin 2013 yil Sarkisyan istefoga chiqarilgach, tarkib va murabbiylar shtabida katta o'zgarishlar ro'y berdi. Ko'plab futbolchilar mavsum tugagach, boshqa klublarga o'tib ketishdi. Ularning o'rniga shunga yarasha bir qancha o'yinchi jalb qilindi. Biroq Memet o'rniga Ismoilovni tayinlash jarayonida “Neftchi” vaqtdan yutqazdi. CHunki bir qator futbolchilar jamoadan ketib bo'lgandan keyingina Ismoilov bosh murabbiy etib tayinlandi. Agar u 2013 yilning oxirlarida bu lavozimda ishlashga kirishganda bazi futbolchilarni tarkibda olib qolishi mumkin edi. Hozir esa bu murabbiyga ham oson tutib bo'lmaydi. CHunki 2012 yili tarkibda o'ynagan futbolchilardan 6 nafari tarkibda qolibdi xolos. Ularning barchasi ham asosiy tarkibda harakat qilmaydi. Butunlay yangi jamoani shakllantirish oson ish emas. Bu malum vaqt talab qiladi. Boshqa tarafdan Ismoilov oxirgi o'yinlarda asosan mahalliy futbolchilarga imkoniyat bermoqda. Bu esa foydasini beradi.
2014 yilgi mavsum boshlanishi oldidan farg'onaliklar tarkibiga naqd 17 nafar yangi futbolchi kelib qo'shildi. CHunki ketishlar ham shunga yarasha edi. Bulardan hozir 16 nafari maydonga tushish imkoniyatiga ega. Nigeriyalik Devid Oniya esa tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tmagan va birinchi davra uchun ro'yxatdan o'tkazilmagan. Melziddinov va Alijonov sobiq jamoasi sanalgan “Neftchi”ga qaytgan. Abdujalilov, Qobuljonov, Murodov, Onika, Ahmedov, Mehmonov, Ilyosov, Kleckov, Petkovich, Abdullaev, Fomin, Jiyamurodov va Gvazava esa ilk bor farg'onaliklar sharafini himoya qilishmoqda.
Uzoq yillar o'zgarishlarsiz jamoaga ko'nikib qolgan farg'onalik ishqibozlarga hozirgi holatda oson emas. Qolaversa, “Neftchi”ning muvaffaqiyatlarga erishishi qiyin kechmoqda. Lekin Ismoilov malakali murabbiy va unga etarlicha vaqt berilgan taqdirda u ijobiy natijalarga erisha oladi. Biroq jamoada murabbiylar almashinuvidan avval sobiq o'yinchilar yangi murabbiy kelguncha ushlab turilmagani qimmatga tushmoqda.
Farg'onada azaldan istedodlar etarlicha topilgan. Vaziyat qiyin bo'lishiga qaramay, Ismoilov yoshlarga ishonch bildiryapti. Har qanday holatda ham mahalliy o'yinchilarga imkonyat berish o'zini oqlaydi. CHunki xorijlik futbolchilar kam pulga tashrif buyurishmaydi, yana tuzukroq o'ynashsa ham mayli. Jamoa bilan shartnomasi mavjud bo'lgan 4 nafar legionerdan ko'ra “Paxtakor”dan ijaraga olingan asli farg'onalik yarim himoyachi Abdulloh Olimovning “Neftchi”ga ko'proq foydasi tegyapti. Oniyada muammo bor, Petkovich va Gvazavada jarohat, Onika esa muxlislarni hayratlantirib qo'yadigan imkoniyatga ega emas. Yangi kelganlardan Jiyamurodov, Olimov va Melziddinov yaxshi o'yin namoyish etishyapti. Harqalay, ular qo'ldan kelgancha jamoaga yordam berishga urinishmoqda. Biroq hujumchilar va boshqa yarim himoyachilar hali yorqin o'yin namoyish etishganicha yo'q.
“NEFTCHI”
Keldi Qaerdan
Abdumavlon Abdujalilov “Paxtakor”
Sardor Qobuljonov “Buxoro”
Maruf Murodov “So'g'diyona”
Aleksandr Onika “Lokomotiv”
Ro'zimboy Ahmedov “Navbahor”
Aziz Alijonov “SHo'rtan”
Jahongir Mehmonov “Navbahor”
Devid Oniya “Buxoro”
Abdulloh Olimov “Paxtakor”
Azamat Ilyosov “Orol”
Aleksandr Kleckov “Dinamo”
Igor Petkovich “Olmaliq”
Zohid Abdullaev “Nasaf”
Maksimilian Fomin “Paxtakor”
Jahongir Jiyamurodov “Bunyodkor”
Ruslan Melziddinov “Jetisu”
Levani Gvazava “Ximki”
O'z navbatida jamoani tark etganlar soni ham 17 nafarni tashkil qilmoqda. Bu degani bir jamoa yo'q bo'lib, uning o'rniga boshqasi shakllantirilyapti deganidir. Umumiy o'zgarishlar soni 34tadan iborat. Tan olish kerak, bu juda ko'p. O'tgan mavsumning ikkinchi davrasida Farg'onaga taklif qilingan futbolchilar ham ketib ulgurishgan.
Faqat Ponomaryovgina hamon jamoa safida. O'tgan yili asosiy tarkibda maydonga tushganlardan Po'latov, Saidov, Akramov, Mirzaev, Asqaraliev, Yoqubov, Berdiev kabi futbolchilar safda emas. 2012 yilgi mavsumda o'ynagan tarkib bilan solishtirsak, Ermatov, Boboxonov, Alijonov, Smolyachenko va Isroilovni ko'ramiz xolos. bu aynan oxirgi bir yilda yuzaga kelgan o'zgarishlar bilan bog'liq. Berdiev, Saidov va Akramov oliy ligada eng uzoq vaqtdan buyon bir jamoa sharafini himoya qilgan futbolchilar hisoblanardi. Biroq ularning uchchalasi ham hozirda boshqa klublar safida maydonga tushishmoqda.
O'zgarishlar ko'p joyda barqarorlik bo'lmaydi. Lekin bu yog'iga “Neftchi” avvalgidek malum yo'nalishni belgilab olish asosida ishlashda davom etadi. Yanayam aniqrog'i, Ismoilovga etarlicha muddat berilgan taqdirda.
Ketganlar: Xurshid Xo'jaev, SHukur Po'latov, Mansur Saidov, G'ulom O'runov, Iqbol Akramov, SHerzod Hakimov, Sardor Mirzaev, SHavkat Nasibullaev, Zayniddin Tojiev, Eldor Isaboev, Sanjar Asqaraliev, Farruh Turdialiev, Mirzakamol Kamolov, Baxtiyor Yoqubov, G'ayrat Jumaev, Sardor Soibov, Anvar Berdiev.
2012 yilgi tarkibdan qolganlar: Dilyor Ermatov, Iqbol Boboxonov, Aziz Alijonov, Pavel Smolyachenko, Otabek Isroilov.
Behzod Nazarov tayyorladi.

Fikrlar