So’nggi yangiliklar

16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  2 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 15:45ЖЧ-2026 саралаши. Япония - Австралия (Матнли трансляция)  4 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  5 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  30 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  25

"Zenit" "Krasnodar" etakchisini Dzyubaga almashmoqchi bo'lgan Yangiliklar

"Zenit" "Krasnodar" etakchisini Dzyubaga almashmoqchi bo'lgan

Transfer oynasi yopilishidan oldin "Zenit" klubi "Krasnodar"ga Fyodor Smolovni Artyom Dzyubaga almashtirishni va yana qo'shimcha pul ham taklif qilgan.


Oldinroq, Fyodor Smolov "Zenit"da paydo bo'lishi mumkin edi. O'shanda, "Krasnodar" uni Aleksandr Kokorin yoki Oleg SHatovga almashib, qo'shimcha haq ham olish sharti bilan taklif qilgan edi. "Zenit" esa yuqoridagi o'yinchilarga ishonch bildirilgani sabab rad etgan edi. Keyinroq, piterliklar boshqa taklif bilan chiqishdi: Dzyuba va qo'shimcha pul Smolov uchun. Bu safar “Krasnodar” rad javobini berdi. Sababi, Galickiyning bu futbolchiga nisbatan hech qanday qiziqishi yo'q edi. "Zenit" uchun transferning sof narxi 16 mln evro bo'lib, qo'shimcha bonusi esa 2 mln evroni tashkil etadi. Aniq qilib aytadigan bo'lsak, Dzyuba Roberto Manchinining o'yinchisi emas. Jahon chempionati oldidan bo'lgan vaziyatga bosh vazir Vitaliy Mutko aralashdi.

Transfer oynasi yopilishidan 3 kun avval Smolovni almashtirish borasida so'nggi qaror qabul qilindi. Fursenko 10 mln evro va 2 mln evro bonus evaziga Dzyubani ijaraga berishni taklif qildi. Galickiy ham o'zining shartlarini qo'ydi. U 16 mln evro + Dzyubani ijaraga olishini aytdi. "Zenit" esa bu vaqtga qadar byudjetining asosiy qismini sarflab yuborgani tufayli shartga rozi bo'la olmadi va bitimdan voz kechdi.

Mana shu kech olib borilgan muzokaralar Dzyubaning "Lokomotiv"ga o'tishini barbod qildi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика