So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Zafar Polvonov: "Paxtakor"ga yuqori bosim o'tkazdik" Yangiliklar

Zafar Polvonov: "Paxtakor"ga yuqori bosim o'tkazdik"

"SHo'rtan" - "Paxtakor" (1:1) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng "oq bo'rilar" hujumchisi Zafar Polvonovning fikrlari bilan qiziqdik.


"O'yin tomoshabop, qiziqarli tarzda kechdi. Menimcha, bugungi uchrashuv stadionga kelgan muxlislarga yoqdi. Biz yaxshi o'ynadik va ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Biroq bazi vaziyatlarda omad bizlardan yuz o'girdi. SHunga qaramay "Paxtakor"ga qarshi o'yinda yaxshi natijaga erishdik. Raqib ham yaxshi o'ynadi va bizga muammolar tug'dirdi. Penalti? Bu vaqtga kelib men zaxiraga olingandim va vaziyatni ko'ra olmadim. Jamoadoshlarim penalti bo'lmaganini takidlashdi. Lekin hakamning qarori boshqacha bo'ldi. Andreev penaltidan to'pni to'g'ri darvozaga yo'llay olmadi. O'yin juda yuqori bosim ostida o'tdi. Biz "Paxtakor"ga katta bosim o'tkazdik. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun o'ynadi. Davron Hoshimov Sarvar Jo'raevga nisbatan juda qo'pol harakat qilgani uchun o'yin so'nggida haqli ravishda maydondan chetlatildi. "SHo'rtan"ning ikkinchi davradagi muvaffaqiyatlari zamirida Muhtor Qurbonovning xizmati va butun jamoaning mehnati yotibdi deb o'ylayman. Bu mehnatlarimiz samarasi bo'lsa kerak. Keyingi o'yinlarda ham ishqibozlarni xursand etishga harakat qilamiz", - deydi Zafar Polvonov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика