"Yuventus" shveycariyalik yarim himoyachini sotib olmoqchi
29 jan 2022 20:56
Yangiliklar
"Yuventus" shveycariyalik yarim himoyachini sotib olmoqchi
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Denis Zakariya qishki transfer oynasi yopilgunga qadar "Yuventus"ga o'tishi mumkin.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, yozda erkin agentga aylanadigan yarim himoyachi uchun Turin klubi 7 million evro to'lashga tayyor.
Agar shveycariyalikning transferi amalga oshsa, "keksa sinora" Rodrigo Bentankur yoki Arturni qo'yib yuboradi.
Zakariya joriy mavsumda "Borussiya M" safida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 27 million evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar