"Yuventus" "Real" bilan "Ayaks" futbolchisi uchun kurashga kirishdi
27 mar 2020 13:54
Yangiliklar
"Yuventus" "Real" bilan "Ayaks" futbolchisi uchun kurashga kirishdi
"Ayaks" yarim himoyachisi Donni Van de Bek bir qator klublar qiziqishiga sabab bo'lmoqda.
Futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Inter" klublari qiziqish bildirayotgan edi, ammo Niderlandiya terma jamoasi o'yinchisi uchun bosh davogar "Real" hisoblanadi.
"Qaymoqranglilar"ga raqobat qilishga "Yuventus" tayyor, turinliklar bundan oldin Matteys De Ligtni xarid qilishgandi.
22 yoshli van de Bek joriy mavsum "Ayaks" safida barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 11ta assist qayd etgan.
O'yinchining amsterdamliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar