"Yuventus" "Portu" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
14 iyu 22:35
Yangiliklar
"Yuventus" "Portu" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
Turinliklar Fransishku Konseysauni sotib olmoqchi.
Italiyaning "Yuventus" klubi Portugaliyaning "Portu" jamoasi hujumchisi Fransishku Konseysauga qiziqmoqda, deya xabar berdi "La Gazzetta dello Sport".
Xabar qilinishicha, "keksa sinora" 21 yoshli Konseysauni yozda jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Federiko Kezaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Forvardning "Portu" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fransishku Konseysau 2023/24 yilgi mavsum "Portu" safida 40 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar