"Yuventus" Kroosga qiziqish bildirmoqda
08 dek 2022 13:12
Yangiliklar
"Yuventus" Kroosga qiziqish bildirmoqda
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos Turin klubiga o'tishi mumkin.
Bu haqda "El Nacional" nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, 32 yoshli germaniyalik ko'plab klublarning etiborini tortdi, chunki uning "Real" bilan shartnomasini uzaytirishi haqida hech qanday alomatlar paydo bo'lmadi. "Yuventus" uni klubni yana raqobatbardosh jamoaga aylantirishi mumkin bo'lgan ideal nomzod sifatida ko'radi.
Kroos 2014 yildan beri "Real"da o'ynamoqda. Uning Madrid klubi bilan amaldagi bitimi 2023 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 20 million evroga baholamoqda.
Kroos joriy mavsum barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar