"Yuventus" futbolchisi Duglas Luis faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
12 iyu 19:24
Yangiliklar


"Yuventus" futbolchisi Duglas Luis faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
Manba malumotlariga ko'ra, Italiya grandi braziliyalik futbolchini 40 million evroga baholamoqda, biroq narx bo'yicha muzokara qilishga tayyor. "Vest Xem" Luisni 10 million evroga ijaraga olish va kelgusi yili malum shartlar bajarilgan taqdirda, 25-30 million evroga sotib olish majburiyatini o'z ichiga olgan taklifni bermoqchi. Bunga "Yuventus" rozi bo'lsa, transfer amalga oshishi mumkin.
Braziliyalik futbolchi 2024 yil yozida "Yuventus" safiga qo'shilgan. O'tgan mavsumda Luis barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda ishtirok etdi, ammo hech qanday samarali harakat ko'rsata olmadi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar