"Yuventus" 35 yoshli Kuadradoga yangi shartnoma taklif etdi
14 iyu 2023 19:43
Yangiliklar
"Yuventus" 35 yoshli Kuadradoga yangi shartnoma taklif etdi
"Byankoneri" futbolchiga ishonch bildirishda davom etmoqchi.
"Yuventus" yarim himoyachi Xuan Kuadradoga yangi shartnoma taklif qildi, bu haqda futbolchining o'zi elon qildi. Futbolchining turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 30 iyunga qadar amal qiladi.
"Ular menga yangi shartnoma taklif qilishdi, ammo hozir bu haqda o'ylamayapman. Bu haqda keyinroq gaplashamiz, dedim. Kelishuvga erishamiz va yuqori saviyada o'ynashda davom etaman degan umiddaman", – dedi kolumbiyalik futbolchi.
Kuadrado Turin klubida 2015 yildan buyon to'p tepadi. 35 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 47 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 4 ta assistga mualliflik qildi.
Avvalroq "Yuventus" Zanoloni A Seriyaga qaytarmoqchi ekani haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar