So’nggi yangiliklar

11:58"Реал"да 9-рақамнинг янги эгаси маълум  0 11:35Родри яна жароҳат олди  0 11:13Суперлига. "Бухоро" 7 йилдан буён Навоийдан ғалабасиз қайтмоқда   0 11:04Ғанишер Қодиров: "Қўқон-1912" билан олти очколик ўйин кутиб турибди"  0 10:45"Шўртан" 15 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"дан очко олди   3 10:40"Ньюкасл" ПСЖ билан музокараларни бошлади  0 10:05Дамир Темиров "Андижон" мухлисларига илтимос билан чиқди  2 09:33"Барселона" ва Марк-Андре тер Стеген ўзаро келишувга эришди  5 09:06Носир Абдусаломов: "Чемпионлик? Бу ҳақида ўйлашга эрта"  0 08:05Пўлатхўжа Холдорхонов: "Икки очко йўқотдик, ғалаба қозонишимиз керак эди"  2 07:53CAFA "Пахтакор" стадионида бўлиб ўтиши мумкинми?  10 07:12Ўртоқлик ўйинлари: "Челси" ва "Интер" ғалаба қозонди, "Ньюкасл" эса дуранг қайд этди   3 06:55Суперлига. "Хоразм" ва "Бунёдкор" ўз рақибларини мағлуб эта олмади. "Қизилқум" эса "Бухоро"га қарши ўйинда ғалаба қозонди  0 06:48Рустам Турдимуродов: "Менга берилган имкониятдан фойдаландим"  0 01:41Илёс Зейтуллаев: "Женнифер Лопес ва шунча одамни майдондан ҳайдай олмайман-ку"  10

Yurtimizda ilk bora maktab o'quvchilari o'rtasida futbol ligasi Yangiliklar

Yurtimizda ilk bora maktab o'quvchilari o'rtasida futbol ligasi

Yoshlar o'rtasida futbol orqali sog'lom turmush tarzini oshirish maqsadida O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Uchtepa tumani Kengashi tumandagi 32 ta maktab o'quvchilari o'rtasida mini futbol bo'yicha liga o'yinlarini tashkil etmoqda.

Ushbu liga centyabr-mart oylari davomida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Liga Nizomiga ko'ra centyabr oyida barcha kerakli hujjatlar, jamoalar va jamoa azolari ro'yxati shakllantirilib, jamoa azolariga o'yin qoidalari va liga tartibi bo'yicha tashkilotchilar tomonidan o'quv mashg'ulotlari va qura tashlash marosimi o'tkaziladi. Qurada raqib tushgan jamoalar o'zaro o'yinlardan so'ng Oliy va quyi ligalarga saralanadi. Hamkor tashkilotlar yordamida oktyabr oyidan Oliy va quyi liga tur o'yinlariga start beriladi. Tur o'yinlari haftada bir marotaba o'tkazilib mart oyiga qadar davom etadi. Navro'z bayrami arafasida musobaqa g'oliblari aniqlanadi va tashkilotchilar tomonidan maxsus kubok hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi. Liga davomida qishqi tur o'yinlarida dunyo futbolida etakchi liga hisoblanmish APLda mavjud “Boxingday” tizimi orqali davomiy tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Jamoa murabbiylari musobaqa avvalida ro'yxatga kiritgan futbolchilar bilan almashuvsiz tur o'yinlarini o'tkazadi. Ular faqatgina davralar oralig'ida yangi o'yinchilarni tarkibga jalb qilishlari mumkin. Har bir tur yakunida “Eng yaxshi o'yinchi”, “Eng yaxshi darvozabon” va “Eng namunali jamoa” kabi nominaciyalar orqali o'yinchilar va jamoalarni taqdirlab borish ko'zda tutilgan. Liga yakunida Quyi ligada yuqori 3 ta o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar keyingi mavsumdan Oliy ligada so'nggi 3 ta o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar bilan o'rin almashadi. O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Uchtepa tuman Kengashi tomonidan Respublikamiz bo'yicha birinchi marotaba o'tkaziladigan ushbu mini futbol ligasi jarayonlari ijtimoiy tarmoqlarda va yurtimizda sportga ixtisoslashgan OAV tomonidan yoritib boriladi.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi

Uchtepa tuman Kengashi matbuot xizmati

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика