Yurgen Klopp "Siti"ga qarshi o'yinni boksga qiyosladi
11 apr 2022 02:57
Yangiliklar
Yurgen Klopp "Siti"ga qarshi o'yinni boksga qiyosladi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya chempionatining 32-turidan o'rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvni boks to'qnashuvi bilan taqqosladi.
"Ushbu uchrashuv ikki bokschi o'rtasidagi jangga o'xshardi. Kimdir qo'llarini bir soniya pastga tushirishi bilanoq zarba o'tkazib yuborardi. Menga jamoamning harakatlari juda yoqdi. Uch ochko qo'lga kirita olmaganimiz esa achinarli.
O'yin ajoyib ruhda o'tdi. "Siti" uchrashuvni yaxshiroq boshladi, ammo keyinchalik tashabbusni qo'lga oldik.
Natija o'yinga mos deb o'ylayman. Endi kurashishda davom etishimiz kerak. Hali kurash oldinda", - deydi Klopp.
Eslatib o'tamiz, APL turnir jadvalida "Manchester Siti" 74 ochko bilan 1-o'rinni saqlab qoldi, "Liverpul" esa 1 ochko kam jamg'argan holda ikkinchi pog'onada bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar