Yurgen Klopp qachon murabbiylikka qaytishi haqidagi savolga javob qaytardi
31 iyu 2024 20:49
Yangiliklar
Yurgen Klopp qachon murabbiylikka qaytishi haqidagi savolga javob qaytardi
"Liverpul" klubi sobiq murabbiyi kelajagi haqida gapirdi.
Ayni damda hech qaerda ishlamayotgan murabbiy Yurgen Klopp keyingi ish joyi qaer bo'lishi haqidagi savolga javob berdi. Malumot uchun, Klopp o'tgan mavsum yakunida "Liverpul"dan ketgandi.
"Hozirgi kunda mening murabbiy sifatidagi faoliyatim yakunlandi. Men faqat o'z xohishim sabab ketmadim. Bu umumiy qaror edi.
Men tinchlik va xotirjamlikni qidirdim. Hozir bunga 100% erishdim va bu imkoniyatdan rohatlanmoqdaman. SHunchaki chetga chiqish payti kelgandi.
Men padel-tennis o'ynab, nabiralarim bilan o'tirishga juda yoshlik qilaman. Yana murabbiy bo'lamanmi? Ayni damda buni inkor etaman. Bir necha oylardan keyin bu savolga javob berishim mumkin. Hozir esa – yo'q", -deydi Yurgen Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar