Yurgen Klopp: "CHL finalida taktikani tushunmaydigan murabbiylar to'qnash kelishadi"
26 may 2018 18:14
Yangiliklar
Yurgen Klopp: "CHL finalida taktikani tushunmaydigan murabbiylar to'qnash kelishadi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi final bahsidan oldin hamkasbi Zinedin Zidan haqida fikr bildirdi.
"Ko'pchilikning fikricha, Zinedin Zidan taktikada ko'p bilimga ega emas. Odamlar men haqimda ham shunday o'ylashadi. Bu juda qiziq - finalda taktikani tushunmaydigan murabbiylar to'qnash kelishadi.
Zidan futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilarning biri. Hozir u 2,5 yildan beri "Real"ni boshqaryapti va uchinchi marta CHempionlar ligasida g'olib bo'lishi mumkin. Murabbiylarda bunaqasi bo'lmagan" - deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar