Yulian Nagelsmann Musiala va Kanseluni maqtadi
06 fev 2023 13:52
Yangiliklar
Yulian Nagelsmann Musiala va Kanseluni maqtadi
Myunxen klubi Bundesliganing navbatdagi turida "Volfsburg"ga qarshi maydonga tushdi va o'yin 4:2 hisobida "Bavariya" foydasiga hal bo'ldi. Uchrashuvda klubning ko'pgina o'yinchilari jud yaxshi taassurot qoldirdi. Biroq mutaxassis ular orasida Jamol Musiala va Joau Kanseluni alohida ajratib ko'rsatdi.
"Jamol xuddi Kubokda "Maync" bilan o'yinda bo'lgani kabi juda yaxshi o'yin o'tkazdi va ko'p mehnat qildi. U juda muhim golni urdi. Men undan juda xursandman", – dedi Nagelsmann.
Jamoa uchtozi "Manchester Siti"dan ijaraga olingan Joau Kanseluni ham unutmadi.
"Yana bir yaxshi chiqish. U bizga juda yaxshi ijodkorlik va o'zgarishlarni olib kirdi. Ko'pgina nuqtalarda o'ynay oladi va ikkala oyog'ida ham katta mahoratga ega. U bizga juda katta foyda keltira oladigan o'yinchi va shu sababdan so'nggi ikki o'yinda tushirildi", – dedi jamoa bosh murabbiyi.
Joau Kanselu kelgach, Nagelsmannda tanlov imkoniyati yanada kengaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar