So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Yulduzlarning transferi qachon amalga oshadi? Yangiliklar

Yulduzlarning transferi qachon amalga oshadi?

Teglar :  FalkaoKasilyas
Farg'onaning “Ruxsor” radiosi “Futbol kundaligi” loyihasi ijodkorlari yozgi transferlar mavsumida eng muhokama bo'layotgan bo'lajak xaridlar va ularni amalga oshish imkoniyatlariga to'xtalib o'tdi.

Evropada transfer oynasi hali yopilgani yo'q. Bu o'lkada so'nggi lahzalargacha oldi-sotdilar davom etishi tabiiy hol. Ochig'i, qaysidir yulduz futbolchining boshqa jamoaga o'tishi eng qiziqarli va vaqt o'tgan sari chinakamiga zerikarli mavzuga aylanadi. Kimdir qaysidir jamoaga o'tishga rozi, kimdir narxlardan norozi va yana kimlardir boshqa narsalarni orzu qilyapti.  Xullas, transfer masalasi shunaqa.

Demak oxirgi paytlarda ko'p muhokama bo'layotgan mavzularga to'xtaladi. Neymar “MYU”ga o'tyapti, “Arsenal” Edinson Kavani va Karim Benzemani xarid qilish ilinjida, boshqa ingliz klublari esa Garet Beyl uchun yana harakat qilib ko'rishmoqda. Biroq matbuot bu mavzularni harchand yoritmasin, ushbu xaridlarni amalga oshishi juda qiyin ekanligini muxlis xalqi juda yaxshi biladi. Tushinish qiyin, nega endi bu yulduzlar o'z jamoalarini tark etishlari kerak ? Avvaliga masalaga mana shunday savol bilan murojaat qilinsa, to'g'riroq bo'lardi. Neymar “Barselona” etakchisi. Braziliyalik futbolchining Katalon klubidagi ishlari juda yaxshi ketmoqda, gollar uryapti, Enrike Neymar uchun asosiy tarkibda maxsus joyni naqd qilib qo'ygan bo'lsa, futbolchining transferi borasida yana nima ham deyish mumkin ? “Real” Beylni sotmasligini xar yili etirof etadi. Biroq “chiqmagan jondan umid” deya xar transfer mavsumida “CHelsi” yoki “MYU” uelslik ijrochiga taklif yuboradi. Oddiy qilib aytganda, qachonki futbolchining o'zi amaldagi jamoasi yoki murabbiyi bilan biron-bir muammoga duch kelmasa, bunday yuqori saviyadagi futbolchilar o'z jamoasini o'zgartirishi juda qiyin masala.  Keling, shu o'rinda yaqin orada boshqa jamoaga o'tib ketgan yulduzlarga qisqacha nazar tashlaymiz. Pedro Rodriges nima uchun “Barselona”dek jamoani tark etdi? Sababi oddiy: Hujumchi  zaxirada qolib ketayotgandi. Radamel Falkao “MYU” ni “CHelsi” ga almashtirdi. Buning sababi ham oddiy. Kolumbiyalik ijrochi Van Gal qo'l ostida o'zini ko'rsata olmadi. Oddiy qilib aytganda, uning “MYU”dagi ishlari o'xshamadi. 

“Real” ning afsonasi Iker Kasilyas endi o'z omadini “Portu”dan qidiradi. Afsonaviy posbonning “Real” dan ketish sabablarini ham uzoq qidirib o'tirish shart emas. Iker so'ngi paytlarda ishonchni oqlamay qo'ygandi. Yulduz futbolchilarning transferi uchun mana shunday jihatlar sabab bo'ladi. SHuning uchun Messi va Ronalduni “PSJ”da birga faoliyat olib borishi haqidagi xabarlarga ko'p ham etibor qilmang. Lekin baribir ishqibozlar futbol va unga aloqador shahslar haqida gaplashishni yoqtirishadi. Na iloj! 

(Malumot o'rnida mazkur dastur “Ruxsor” radiosi orqali 13:30, 17:30 va 20:30da efir uzatiladi)

Xojiakbar Jabborov


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика