Futzal qiroli Braziliyaga finalda qaysi jamoa raqib bo'lishini istayotganini aytdi
02 okt 2024 23:16
Yangiliklar
Futzal qiroli Braziliyaga finalda qaysi jamoa raqib bo'lishini istayotganini aytdi
Braziliyalik sobiq futzal yulduzi Falkao jahon chempionati yarim finali doirasidagi Ukrainaga qarshi o'yindan so'ng saytimizga qisqa intervyu berdi.
«Ajoyib o'yin guvohiga aylandik. Braziliya katta qiyinchilikka duch keldi, shunga qaramay, final yo'llanmasini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldik. Endi keyingi raqibni kutamiz.
O'ylaymanki, finalda Braziliya va Argentina o'rtasidagi Janubiy Amerika klassikosi guvohiga aylanamiz. Braziliyaning finaldagi raqibi qaysi jamoa bo'lishidan qatiy nazar, ajoyib o'yin guvohi bo'lishimizga shubha yo'q», dedi Falkao.
Eslatib o'tamiz, Falkao to'rt marta dunyoning eng yaxshi futzalchisi deb topilgan. SHuningdek, u Braziliya tarkibida ikki karra jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar