So’nggi yangiliklar

13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  0 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  18 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0

“Yozyovon-Lochinlari” o'z maydonida “Labsa”ni yirik mag'lubiyatga uchratdi (to'liq sharh) Yangiliklar

“Yozyovon-Lochinlari” o'z maydonida “Labsa”ni yirik mag'lubiyatga uchratdi (to'liq sharh)

PRO-liganing 21-turida “Yozyovon lochinlari” klubi o'z muxlislari qarshisida “Labsa” klubini qabul qildi.

Uchrashuv har ikki jamoaning faol harakatlari bilan boshlandi. Mezbonlar dastlabki daqiqalardanoq hujumkorlikni oshirishgan bo'lsada, o'z navbatida “Labsa” jamoasi azolari ushbu uchrashuvga shunchaki uzoq yo'l bosib kelishmaganliklarni isbotlashdi. Birinchi bo'lim deyarli teng kurashlar ostida o'tdi. O'yin goh maydon markazida, goh har ikki jamoa jarima maydonida kechdi. SHunday vaziyatlarning birida mezbonlarning tajribali futbolchisi SHaxboz Abduraxmonov mehmonlar darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, lekin mehmonlar darvozaboni chaqqonroq harakat qilib, to'pni egallab oldi. SHundan so'ng “Labsa” futbolchilari qarshi hujum tashkil etdilar. Mezbonlar o'z jarima maydonlari yonginasida mehmonlarning 19-raqamli futbolchisi Baxrom Narzullaevga nisbatan qo'pollik ishlatishdi va uchrashuv bosh hakami Davronbek Akmalov jarima to'pi belgiladi. Jarima to'pidan tepilgan zarbani himoyachilarga yordamga etib kelgan mezbonlar futbolchisi Abdulaziz Jo'raboev qaytardi. Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib bir oz maydon egalarining ustunligi ko'zga tashlana boshladi. 

Mana shunday vaziyatda yozyovonlik futbolchilarga ishlatilgan qo'pollikdan so'ng belgilangan jarima to'pini SHahboz Abdurahmonov ajoyib zarba bilan ijro etdi, zarbani mehmonlar posboni SHaxzodbek SHamsiddinov mahorat ko'rsatib qaytarib qoldi. SHundan so'ng yana maydon egalari “Yozyovon-Lochinlari” futbolchilari ketma-ket hujum uyushtirishni boshladilar. Birinchi bo'lim so'ngi qismida, aniqrog'i uchrashuvning 39-daqiqasida mezbonlarning 77-raqamli futbolchisi, jamoa to'purari Abdulaziz Jo'raboev mehmonlar darvozasini ishg'ol etib, uchrashuvda hisobni ochdi. Goldan ruhlangan yozyovonliklar hujumkorlikni oshirdilar. SHu kuni mezbonlar safiga yangi kelib qo'shilgan Hoshimbek SHokirov o'zining maydondagi ajoyib harakatlari bilan yaqqol ajralib turdi.    Taym so'ngida har ikki jamoa hujumkorlikni oshirgan bo'lsalarda, darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi. Birinchi bo'lim maydon egalarining 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.    


Ikkinchi bo'lim boshida uchrashuvda mehmonlarning ustunligi ko'zga tashlana boshladi. Tanaffusda bosh murabbiydan tegishli ko'rsatmalarni olib maydonga  tushgan “Labsa” futbolchilari hujumkorlikni oshirishdi. Lekin mehmonlarning ketma-ket hujumlari naf keltirmadi. Maydon egalari raqib hujumlarini sovuqqonlik bilan qaytarib qoldilar. Raqibning hujumlaridan unumli foydalangan yozyovonliklar qarshi hujumda yana bir bor mehmonlar darvozasini ishg'ol etdilar. Jamoaviy hujum asosida tashkil etilgan hujumga mezbonlar futbolchisi Mqsadbek Ibragimov yakuniy nuqtani qo'ydi. Uning erlatib bergan zarbasini mehmonlar darvozaboni qaytara olmadi, hisob 2:0. Ikkinchi bo'lim so'ngiga kelib yozyovonliklar bosh murabbiyi Salimjon Zokirov maydonga yosh futbolchilarni tushirdi. Bu o'z navbatida samarasini berdi, Abdulaziz Jo'raboev o'rniga maydonga tushgan jamoaning yosh futbolchisi Amirbek Nurmatov ikkinchi taym yakunida hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. SHu tariqa “Yozyovon-Lochinlari” o'z maydonida “Labsa” klubini yirik 3:0 hisobida taslim etdi.

 Pro-Liga
21-tur
“Yozyovon-Lochinlari” – “Labsa” – 3:0 (1:0)  
Hakamlar:
D.Akmalov, Andrey Snetkov, Sultonmurod Ulfatov.
Nazoratchi – Fayzullo Hasanov.
Komissar – Azizbek Ergashev.
Gollar: Abdulaziz Jo'raboev 39, - 1:0. Maqsadbek Ibragimov  51, - 2:0. Amirbek Nurmatov 89, - 3:0.
"Yozyovon": 11.Jasur Abdullaev, 3.Jasur Otajonov, 6.Bunyodbek Abdumannonov, 7.Zohid Ismoilov, 8.Alisher Fayzullaev, 10.SHahboz Abdurahmonov (15.Adham Ahmadjonov 62 ), 11. Hoshimbek SHokirov (30. SHukurillo Abdug'aniev 67) 13. Zokir Nurmatov, 17. Maqsad Ibragimov (5, Sardor Soliev 89 ), 19. Karimberdi Mamadaliev, 77. Abdulaziz Jo'raboev (4.Amirbek Nurmatov 77).
Zaxira: 44. Abror Karimov, 2. Mirzoxid Mirzamahmudov, 18.Mamurbek Qosimov.
“Labsa”: 1. SHahzod SHamsiddinov, 8. Saidjon Ashurov, 14. Komil Samiev (6. Jasur Sayliev 46, 2. Akobir Vohidov, ), 18. Suhrob Qobilov, 19. Bahrom Narzullaev (17. SHahzod Beshimov 65), 20. Nozimjon Ashurov (28. Elshod Dilmurodov 46), 22.Bekzod Saidov, 23. Javohir SHodmonov, 24. To'lqin Umarov, 25. Saiddoston Fozilov, 26. Islom Xoliqov.
Zaxira: 4. Oybek Boboev.
Ogohlantirishlar: Hoshimbek SHokirov 53, Saiddoston Fozilov 66, Jasurbek Otaxonov 72, To'lqinjon Umarov 72.  


Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика