So’nggi yangiliklar

19:55Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 4:1 (матнли трансляция)  25 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  0 19:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  9 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  4 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  4 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  16 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0

"Yozyovon" futbolchilari "Lokomotiv-BFK" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng qanday fikrda? Yangiliklar

"Yozyovon" futbolchilari "Lokomotiv-BFK" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng qanday fikrda?

PRO-Liga 20-turidan o'rin olgan "Lokomotiv-BFK" - "Yozyovon-Lochinlari"(1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlarning ikki futbolchisi o'z fikrlarini bildirdi.

Abdulaziz Jo'raboev: Bugun bizda ishtiyoq juda kuchli edi.

- Avvalambor, bugun uchrashuvni o'tkazishimizga ruxsat berganligi uchun O'zbekiston Professional futbol ligasi rahbariyatiga jamoamiz azolari nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Avvalgi uchrashuvni o'tkaza olmaganimiz bois, bugun bizda ishtiyoq kuchli edi. SHu bois uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Nasib qilsa, keyingi turda o'z maydonimizda "Labsa" jamoasi bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvda jamoamiz muxlislariga yana bir g'alaba tortiq etmoqchimiz.

Bugungi uchrashuvda raqib darvozasiga gol kiritib, jamoamiz g'alabasiga o'z hissamni qo'shganimdan xursandman. Nasib qilsa qolgan o'yinlarda bundan ko'proq gol urmoqchiman.
Kuni kecha PFL bosh direktori Omonjon G'ofurovning otalari vafot etganligini eshitdik, butun klubimiz nomidan marhumning oila azolariga hamdardlik bildiramiz.


Jasur Otaxonov: Barcha talaba bo'lgan yoshlarni tabriklayman.


- Bugungi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Turnir jadvalida peshqadam "Nurafshon" jamoasiga yaqinlashib olishimiz uchun bizga bugun faqat g'alaba zarur edi. SHu bois uchrashuv boshidanoq hujumkor futbol namoyish etdik. Maqsadimizga etib, tezkor gol urib olganimizdan so'ng bizda qo'shimcha ishtiyoq paydo bo'ldi. Bugun butun jamoamiz yaxshi o'ynadi va yakunda g'alaba qozondik.

Kecha o'zim hujjatlarimni topshirgan oliygohda imtihon natijalari elon qilindi. Imtihon natijalariga ko'ra talabalik baxtiga muyassar bo'ldim. SHu bois kayfiyatim alo darajada, bugungi qo'lga kiritilgan g'alaba qo'shaloq to'yona bo'ldi deb ayta olaman. Barcha o'qishga kirgan yoshlarni chin qalbimdan tabriklayman. Nasib etsa ona Vatanimiz uchun etuk mutaxassis bo'lib etishib, o'zbek futboli rivojiga o'z hissamni qo'shmoqchiman!

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика