So’nggi yangiliklar

11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  34 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3

Yoshlarimiz chorak finalga chiqishdi: O'zbekiston U-19 - Avstraliya U19 - 1:1 Yangiliklar

Yoshlarimiz chorak finalga chiqishdi: O'zbekiston U-19 - Avstraliya U19 - 1:1

Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati doirasidagi O'zbekiston U-19 - Avstraliya U19 uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

O'zbekiston U-19 - Avstraliya U19 - 1:1
Bosh hakam:
Navaf SHukrulla (Bahrayn)
Gollar:
Zabihillo O'rinboev 81 - Stefan Ingo Mauk 64
O'zbekiston U-19:
12.Dilshod Hamroev, 3.Ibrohim Abdullaev, 6.Akramjon Komilov, 7.Jamshid Boltaboev, 8.Javohir Sohibov, 9.Eldor SHomurodov, 10.Otabek SHukurov, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Zabihillo O'rinboev (2.Rustam Ashurmatov, 89), 20.Dostonbek Tursunov, 23.Xurshid G'iyosov

Avstraliya U19:
1.Jordan Tortell, 2.SHeyn Dkunya, 3.Daniel Alessi, 4.Kameron Burgess, 5.Skott Gallovay, 6.Kristofer Gligor, 8.Stefan Ingo Mauk (10.Kristofer Naumoff, 83), 14.De Silva Daniel Peter, 20.Aver Mabil, 21.Joshua Sotirio, 22.Petros Skapetis.

V guruhi

Jamoa O' YU D M TN O
BAA 3 1 2 0 7-4 5
O'zbekiston 3 1 2 0 6-4 5
Avstraliya 3 1 2 0 3-2 5
Indoneziya 3 0 0 3 2-8 0


                          
                          MATNLI TRANSLYACIYA
                                    
YANGILASH

90+6. O'YIN TUGADI! O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhda ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqdi.

90+4. ASLIDDIN ABDIEV!!!
Birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, noaniq

90+2. Xavfli vaziyat! Otabek SHukurov raqib jarima maydoni ichiga kirib borib zarba berdi, darvozabon to'pni qaytardi!

90+1.
Avstraliya butun jamoa bilan hujumga o'tmoqda...vakillarimiz himoyalanishmoqda

90. O'yinga 6 daqiqa qo'shib berildi...

89. O'zgarish. O'zbekiston.
Zabihillo O'rinboev o'rniga Rustam Ashurmatov tushdi

87.
Ushbu hisob BAA va O'zbekistonni chorak finalga olib chiqadi

83. O'zgarish. Avstraliya.
Stefan Ingo Mauk o'rniga Kristofer Naumoff tushdi

83.
Asliddin Abdievning zarbasi noaniq ketdi.

82. SPORT telekanali siganlni topdi. Demak davom etamiz!

82. ZABIHILLO O'RINBOEV o'zini ko'rsatdi!

81. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:1

78. BAA - Indoneziya uchrashuvida hisob o'zgardi - 4:1.

77.
Agar o'yinlar mana shu hisobda tugasa Avstraliya va BAA keyingi bosqichga chiqadi

67. Avstraliya hisobni ochdi - 0:1...

55.
O'zbekiston va Avstraliya o'rtasidagi bahsda hamon hisob ochilmagan. Uchrashuvning signali yo'qolib qolgani bois vaziyatlarni yoritishda muammo paydo bo'ldi

50. BAA - Indoneziya uchrashuvida hisob o'zgardi - 3:1.

48. BAA - Indoneziya uchrashuvida hisob o'zgardi - 3:0.

46.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45. Birinchi bo'lim tugadi. 0:0

37.
Vakillarimiz jarima to'pini amalga oshirishdi, to'p jonli devorga tegib qaytdi

32.
Ibrohim Abdullaev uzun pas bilan hujumchilarga to'p uzatdi, raqib himoyachilari

29.
O'yin tempi juda sust, xavfli hujumlar soni juda kam

24.
Eldor SHomurodovning zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi

22. BAA - Indoneziya uchrashuvida hisob o'zgardi - 2:0.

19. XAVFLI VAZIYAT!!! Eldor SHomurodov raqib jarima maydoni ichida darvozaga zarba bera olmadi, darvozabon chaqqon harakat qildi!

17.
Doston Hamdamov o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga uzatdi, biroq himoyachilar to'pni qaytarishdi. Doston Tursunov raqibni yiqitdi

13.
Aver Mabil o'yindan tashqari holatda qolib ketdi, zarba bera olmadi

10.
Hozircha hech bir jamoa xavfli hujum qilgani yo'q.

9. BAA - Indoneziya uchrashuvida hisob ochildi. 1:0.

7.
Vakillarimizning tezkor qarshi hujumi. Biroq Hamdamovning oshirgan to'pi noaniq chiqdi

4.
Eldor SHomurodovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi.

3.
Petros Skapetisning zarbasi noaniq ketdi

2.
Ibrohim Abdullaev shifokorlar yordamiga muhtoj. U maydonga qaytdi va o'yinni davom ettirmoqda

1. O'YIN BOSHLANDI!


- O'yinni oq kiyimdagi O'zbekiston terma jamoasi boshlaydi...

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика