So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  26 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Yoshlar terma jamoasi mashg'uloti va o'yini Yangiliklar

Yoshlar terma jamoasi mashg'uloti va o'yini

Juma kuni Ravshan Haydarov boshchilik qilayotgan yoshlar terma jamoasining mashg'uloti va ikki tarkibga bo'lingan holda maydonda harakat qilishini kuzatish uchun "Jar" stadioniga tashrif buyurdik.
Futbolchilar dastlab o'yin oldidan engil chigal yozdi mashg'ulotini olib borishdi. Darvozabonlar bilan Marat Galimov shug'ullangan bo'lsa, futbolchilarni ikki guruhga bo'lgan holda Ilhom Mo'minjonov shug'ullantirdi. Ravshan Haydarov esa o'yinchilarning harakatlarini yuqoridan turib kuzatdi. U har bir futbolchi haqida to'liq taassurotga ega bo'lish uchun mashg'ulot va o'zaro o'yinni diqqat bilan kuzatib bordi.

Futbolchilar yangi murabbiy qo'l ostida ilk bor yig'inda ishtirok etayotganlari bois o'zlarini ko'rsatishga urinishdi. Ikkiga bo'lingan holda o'tkazilgan uchrashuvda bu holat yaqqol ko'zga tashlanib turdi. Futbolchilar jamoaviy o'yindan ko'ra o'z harakatlariga ko'proq urg'u berishdi. Natijada bahsda keskin to'qnashuvlar ko'p kuzatildi, yoshlar bir-birlarini ayamasdan kurash olib borishdi. SHu bilan birga bellashuvda aqlli harakatlar ko'p bo'ldi deyish qiyin. Bir himoyachi bilan uch nafar hujumda ishtirok etayotgan futbolchi qolgan vaziyatlarda hamt to'pni sherigiga etkazib bermay, darvoza tomon o'zi zarba yo'llash kabi holatlar ko'p uchradi. Albatta, har bir futbolchi yangi murabbiyga nimalarga qodir ekanligini isbotlashni istaydi. Haydarov tajribali mutaxassis va u vaziyatni tez orada o'nglashiga umid qilamiz.

"Qizillar" va "ko'klar" uchrashuvida dastlab qizil rangli jiletkalarda o'ynagan jamoa vakillari ikki to'p kiritishdi. Dastlab birinchi bo'lim oxirida Ibrohim Abdullaev penaltidan unumli foydalandi. Ikkinchi bo'limda Ravshan Xursanov qizil liboslilarning ikkinchi to'piga mualliflik qildi. O'yin oxirlarida "ko'klar" 2 daqiqada 2 gol urishdi. Javohir Sidiqov hisobni qisqartirgan bo'lsa, Eldor SHomurodov muvozanatni tikladi. SHunday qilib, yoshlar termasining 2 tarkibga bo'lingan holda o'tkazgan bahsi 2:2 hisobida yakunlandi. SHanba kuni kechqurun esa jamoa Turkiya orqali Vengriya poytaxtiga jo'nab ketdi.


Behzod Nazarov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика