So’nggi yangiliklar

13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  3 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  9 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  8 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  5 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  9

Yoshlar ligasi. "Neftchi" - "Mashal" 1:1 Yangiliklar

Yoshlar ligasi. "Neftchi" - "Mashal" 1:1

Bugun Oliy liganing 5-turi oldidan Farg'onada "Neftchi" va "Mashal" yoshlari maydonga tushdi.
O'yinning birinchi bo'limi teng kurashlar ostida kechib har ikki tomon ham vaziyatlarga ega bo'ldi. 31 daqiqada Abdullajon Mirzaevning qanotdan oshirib bergan pasi kutilmaganda Sirojiddin Allaevni boshiga tegib yo'nalishini o'zgartirdi va darvoza to'riga borib tushdi. Gol kiritilgandan so'ng mehmonlar hujumlarni oshirdi va 45 daqiqada Ixtiyor Toshpo'latov jarima maydonchasi ichida to'pni darvozaga aniq yo'lladi. Birinchi bo'limda boshqa hisob o'zgarmadi.

Ikkinchi bo'limning 5 daqiqasida Toshpo'latov chalqancha bergan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 80 daqiqada maydon egalari yaqin masofadan bergan jarima zarbasi noaniq chiqdi. 85 daqiqada Sardor Abduraimovning burchak zarbasini Asadov boshi bilan darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi, biroq to'p to'sin ustidan oshib o'tdi. Uchrashuvda boshqa to'p kiritilmadi va hisob o'zgarmay qoldi.

Yoshlar ligasi. 5-tur.
"Neftchi" - "Mashal" 1:1
Gollar:
1:0 Sirojiddin Allaev (31 avt), 1:1 Ixtiyor Toshpo'latov (45)
Hakamlar: Akobir SHukurullaev (Toshkent), SHohruh Agzamov, Qahramon Sobirov, Davron Kurchiev.
Nazoratchi: A.V.Popov (Toshkent)
Ogohlantirishlar: Zokirjon Nurmatov (31), Nodirxon Kamolov (60) - Tursunmurod Hamdamov (52),

"Neftchi": 1.Sergey Smorodin, 3.Dostonbek Tursunov (c), 5.Tohir Karimov, 7.Nodirxon Kamolov, 19.Jahongir Dadaboev, 20.Otabek Muhammadjonov, 22.Abdullajon Mirzaev, 26.Sardor Qulmatov, 27.Zokirjon Nurmatov, 47.Kamronbey Kopadze, 71.Xurshid Asqaraliev
Zaxira: 45.Abdusattor Obidov, 6.Hayot Yoqubov, 11.Rizo Ayvazov, 17.Sarvarjon Abdullaev, 25.Anvarjon Aminjonov, 30.Islom Toshpo'latov, 50.Husanboy G'aniev

"Mashal": 30.Botir Nosirov (c), 4.Yunus Ochildiev, 16.Xolmurod Xolmurodov (36.Asliddin Abdiev 54), 27.Sirojiddin Rahmatullaev, 39.Maqsud Mahmudov (32.SHohjahon Abbosov 60), 40.Temur Masharipov, 43.Tursunmurod Hamdamov (49.Jasur Abdurahmonov 65), 44.Sirojiddin Allaev, 45.Abbos Omonov (29.Sardor Abduraimov 46), 47.Ixtiyor Toshpo'latov (28.Maradona Safarov 55), 48.Firdavs Asadov.
Zaxira: 35.Javohir Ilyosov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика