So’nggi yangiliklar

14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  0 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   17 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  19 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7

Yoshlar ligasi: “Bunyodkor” – “Olmaliq” 4:0 Yangiliklar

Yoshlar ligasi: “Bunyodkor” – “Olmaliq” 4:0

Yoshlar ligasining 3-turi doirasida “Bunyodkor” va “Olmaliq” jamoalari kuch sinashishdi.
Uchrashuvda yosh “qaldirg'ochlar” katta tashabbusga ega bo'lishdi va bu uchrashuvda qayd etilgan yakuniy hisobda ham o'z isbotini topdi – 4:0. Birinchi bo'lim oxirlarida Sato Minorining ajoyib pasidan so'ng Dostonbek Hamdamov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va osonlik to'pni to'rga joylab qo'ydi. SHu tariqa, birinchi bo'lim 1:0 hisobida bunyodkorchilar foydasiga hal bo'ldi. Tanaffusdan keyin esa Murod Otajonov bir necha futbolchilarni almashtirishga qaror qildi. Natijada “Bunyodkor” hujumlari yanada xavfli tus oldi. 51-daqiqada yana Sato Minorining to'p uzatishi natijasida Temur Ayupov qulay vaziyatga chiqdi va ham vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. “Bunyodkor” yoshlarining uchinchi goli juda ham chiroyli ko'rinish hosil qildi. Zabixillo O'rinboev ikki futbolchini aldab o'tib chap qanotdan juda kuchli zarba bilan to'pni sherigiga oshirdi. Zarbani bartaraf etish uchun to'pga tashlangan Sarvar Jo'raev uni kutilmaganda o'z darvozasiga yo'naltirdi va avtogol sohibiga aylandi – 3:0. To'rtinchi golda “Olmaliq” posboni Nikita SHkvirin bor aybni o'z bo'yniga olsa bo'ladi. CHunki u to'pni o'zida saqlab turdi va malum vaqtdan keyin tepib yubormoqchi bo'ldi. Lekin darvozabonga nisbatan pressing qo'llagan Mirjamol Qosimov to'pni SHkvirindan olib qo'yib, bo'sh qolgan darvozaga yosh “qaldirg'ochlar”ning to'rtinchi golini urdi.

SHu tariqa, “Bunyodkor” yoshlari 3-tur doirasida “Olmaliq”ni yirik hisobda engishdi.

3-tur. 26 mart
“BUNYODKOR” – “OLMALIQ” 4:0 (1:0)
Gollar: Dostonbek Hamdamov 43 (1:0), Temur Ayupov 51 (2:0), Sarvar Jo'raev 71 avtogol (3:0) Mirjamol Qosimov 90+1 (4:0)
Ogohlantirishlar: Xurshid G'iyasov 30, Sato Minori 47 – Iqbol Akramov 18, Doston Bahromov 35, Sarvar Jo'raev 76
CHetlatish: Doston Bahromov 42 (ikkinchi ogohlantirish)
“Bunyodkor”: 45.Akbar To'raev, 2.Sahob Jo'raev, 3.Hasan Asqarov, 8.Xurshid G'iyosov, 9.Sato Minori, 10.Temur Ayupov, 11.Sardorbek Azimov, 13.Zokir Nurmatov, 15.Ahror Umarjonov, 17.Dostonbek Hamdamov, 18.SHahzod Abduraximov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 1.Abdukarim Muhammedov, 5.Aziz Mamazoitov, 6.Akramjon Komilov, 4.Mirjamol Qosimov, 7.Sanjar Rixsiboev, 14.Alibobo Rahmatullaev, 19.Zabixillo O'rinboev
“Olmaliq”: 1.Abror Karimov, 6.Sarjar Jo'raev, 2.Temur Kagirov, 20.SHuhrat Sadirdinov, 12.Azamat Mamajonov, 10.Iqboljon Akramov, 17.Aziz Qurbonov, 9.Doston Bahromov, 3.Fazliddin Qosimjonov, 8.Diyor Usmonxo'jaev, 18.Jasur Jaynakov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 35.Nikita SHkvirin, 4.SHoyad Mullajonov, 5.Ulug'bek Xudoyberdiev, 14.Abdulaziz Abduxamitov, 7.Akbar Alisherov, 11.SHarif Mirzaev, 19.Anvar Saparov
Hakamlar: Abror Jo'raxonov (Andijon), Sunnatilla Karimov, Mirmahsud Karimov, Doniyor Dosanov
Nazoratchi: Sardor Najafaliev (Toshkent)
26 mart. Toshkent. “Bunyodkor” futbol maktabi maydoni. 98 tomoshabin

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика