So’nggi yangiliklar

23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  0 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  11 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  26 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  28

Yoshlar ligasi. "Andijon" "So'g'diyona"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Yoshlar ligasi. "Andijon" "So'g'diyona"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Teglar :  So'g'diyonaAndijon
Ketma-ket ikki uchrashuvda muvaffaqiyat qozongan yoshlarimiz bu safar ham o'z hisobiga muhim uch ochkoni yozdirib qo'yishga erishdi.

Vitaliy Legay boshqaruvidagi “Andijon” yoshlar jamoasi ushbu yirik g'alabadan so'ng turnir jadvalida sezilarli darajada yuqoriladi.

Uchrashuv asosan jamoamizning ustunligi ostida o'tdi. Buni o'yinda qayd etilgan hisob ham aytib turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Garchi birinchi bo'limda hisob ochilmagan bo'lsada, taymning ikkinchi qismida futbolchilarimizning ishtaxasi ochilib ketdi. Aniqrog'i, hammasi 58-daqiqadan boshlandi. Iqtidorli hujumchi Alisher Abduvohidov butun o'yin davomida raqiblarini sarosimida ushlab turish bilan birga , hisobni eng avvalo o'zi ochib berdi. SHuningdek Abduvohidov o'yin davomida bitta golga assisentlik vazifasini ham o'tib berdi.

Jaroxatdan forig' bo'lib, endi-endi sport formasini tiklab borayotgan Solohiddin Solohiddinov ham maydonni golsiz tark etmadi.

SHuningdek asosiy tarkibdan yordam sifatida berilgan Ibrohim Rahimov ikkinchi bo'limda maydonga tushib, o'yinda tub burilish yasalishiga sezilarli hissa qo'shdi. Buni u ikkita goli bilan isbotladi. O'ng qanotda mazmunli xarakatlari bilan ajralib turgan Rahimov o'yinga tez kirishib keta oldi.

CHap qanot yarim himoyasida faollik ko'rsatgan Jahongir Maqsudov ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishga erishdi.

Jizxaxliklar esa bahsning so'nggi daqiqalari o'tib borayotganida penalti ishladi va uni Mo'min Meliev aniq amalga oshirib, hisobni biroz qisqartirishga erishdi.
SHu tariqa uchrashuv jamoamizning yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakuniga etdi. Stadionga kelgan ishqibozlar o'z ortiga xursandchilik bilan qaytdi.
Endigi raqib – “Nasaf”!

6-tur. 22 aprel
Andijon (Andijon) – So'g'diyona (Jizzax) – 5:1.
Oltinko'l. Markaziy” stadioni, 75 tomoshabin.
Hakamlar:
Igor Garmashov (Toshkent) -8,2, Azizbek Isamutdinov – 7,6, Furqat Komilov – 7,8, Bahodir Ro'zimatov – 8
Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent).
Gollar: Alisher Abduvohidov (58), Ibrohim Rahimov (72, 85), Solohiddin Solohiddinov (73), Jahongir Maqsudov (89) – Mo'min Meliev (90+2, s penalti).
Andijon: 32. Nodir Ashurmatov, 4. Dilmurod Mahmudov (s), 7. SHoxruh Ergashev, 8. Baxtiyor Qosimov (70. Ro'zivoy Abdug'affarov, 83), 11. Alisher Abduvohidov, 14. Abror Komilov (6. Farruh Bekmurotov, 63), 17. Timur Vasilev (55. Ibrohimjon Rahimov, 46), 18. Salohiddin Salohiddinov (28. Farruh Mirzaev, 75), 33. Jahongir Maqsudov, 45. Artur Mamatkazin, 67. SHoyad Mullajonov.
Zaxira: 50. Barakatillo Isroilov, 3. Ahror O'ktamov,  20. Eldor Jonibekov.
So'g'diyona: 12. SHirinboy Abdullaev (21. Muzaffar Abdullaev, 46), 4. Jasur O'rinov, 5. Dadajon Mamatqulov (11. Mo'min Meliev, 46), 6. Azizbek Mirzaev, 7. Al-Salomu Azatov (9. Sobir Hamidov, 64), 8. Siroj Meliev, 10. SHahzod Karimov, 19. SHuhrat Suyarqulov, 22. Asil Oripov ( 2. SHoxruh Akbarov, 53), 23. Doston Oripov, 88. SHahboz Jo'rabekov.
Zaxira:  77. SHoxruh Anorboev.
Ogohlantirishlar: Alisher Abduvohidov (35), Eldor Jonibekov (65) – Siroj Meliev (19).

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика