So’nggi yangiliklar

13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  2 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   14 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  4 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  18 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  13

Yosh “qaldirg'ochlar” xalqaro turnirlarda ishtirok etishmoqda Yangiliklar

Yosh “qaldirg'ochlar” xalqaro turnirlarda ishtirok etishmoqda

24 mart kuni Rossiyaning Sochi shahrida mashhur rus futbolchisi, 1960 yilgi Evropa chempioni Valentin Bubukin xotirasi uchun ananaviy memorial-turnir start oldi.
2009 yildan beri o'tkazilib kelinayotgan bu turnir yosh futbolchilar orasida tashkil etiladigan eng ommaviy musobaqalardan biri hisoblanib, Rossiya Futbol uyushmasi shafeligi ostida o'tadigan memorialning umumiy ishtirokchilar soni 160 tadan oshadi. Ushbu turnir “Bunyodkor” klubi uchun yoqimli taassurot qoldirgan. Sababi, 3 yil avval “Memorial Bubukina-2011” musobaqasidan Otabek G'ulomxo'jaev murabbiyligidagi 2000 yilda tavallud topgan yosh “qaldirg'ochlar” bosh sovrin bilan qaytishgan edi. Bu yilgi musobaqa 24-31 mart kunlari Sochidagi “Dargomis” sport majmuasida tashkil etiladi va ishtirokchilar qatorida “Bunyodkor” jamoasi ham bo'lib, Denis Krasnichenko murabbiyligidagi 2003 yilda tug'ilgan yosh futbolchilar o'z tengqurlari bilan kuch sinashishadi.

Jamoamiz ushbu musobaqani ko'tarinki ruhda boshladi va dastlabki 2 turda o'z raqiblarini mag'lubiyatga uchratdi. Novosemeykino shahrining “Akron” klubilik tengdoshlari kuch sinashgan “qaldirg'ochlar” 1:0 hisobida ustun kelishgan bo'lsa, Moskvaning “Sokol” jamoasi 2:1 hisobida taslim etildi.

SHuningdek, Turkiyaning Antaliya shahrida “PARUSA CUP-2014” Xalqaro turniri bo'lib o'tmoqda. 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar musobaqasida Sergey CHigodaev va Akmal Risqullaev shogirdlari shu kungacha uch uchrashuvda maydonga tushishdi. Guruh bahslarida Qozog'istonning 1-BO'SM (SHimkent) jamoasini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan “qaldirg'ochlar”, keyingi o'yinda Moskvaning “CHertanovo” klubiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdilar. SHunga qaramasdan jamoamiz “S” guruhida 2-o'rinni egallab, chorak finalga yo'l oldi. Bu bosqichda yoshlarimizga turnirning eng kuchli jamoalaridan biri – “Lokomotiv” klubi ro'baro' keldi. Qiziqarli o'tgan bahsning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad moskvaliklar tomonida bo'ldi. Endi 5-o'rin uchun bahsda “Bunyodkor” o'smirlari Moskva viloyatining “Rosich” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика