So’nggi yangiliklar

14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  0 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  2 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  3 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  3 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  1

Yosh qalamkashlar diqqatiga! "Men ham yozishni xohlayman" imkoniyati Yangiliklar

Yosh qalamkashlar diqqatiga! "Men ham yozishni xohlayman" imkoniyati

Faraz qilamiz, siz futbolni haddan tashqari yaxshi ko'rasiz va futbol haqida yozgingiz keladi.

Buning uchun "Championat.asia" sayti Sizga qulay imkoniyatni taqdim etadi. Aytaylik, siz viloyatda istiqomat qilasiz va siz yashab turgan hududda futbol jamoasi bor. (Ammo u erdagi futbol matbuotda ko'p yoritilmaydi). Siz o'sha jamoaga muxlislik qilasiz, shu jamoa haqida odamlar ko'proq narsa bilishini xohlaysiz. Bu oliy liga, birinchi liga, balki ikkinchi liga jamoasi bo'lishi mumkin. 

Agar sizda futbol jurnalistikasiga qiziqish bo'lsa-yu, yozganlarimni qaerda chiqarsam bo'lar ekan deb o'ylab yurgan bo'lsangiz, biz siz uchun imkoniyat eshigini ochishga tayyormiz. Biz doim aytib kelganmiz, saytimiz eshigi hamma uchun birdek ochiq. Biz sizning qalamingizga mansub futbolga oid voqea, xabar va boshqa mavzular saytimizda chiqishini xohlaymiz. 

Faqat buning uchun sizdan talab qilinadigani shu - asosan o'zingiz istiqomat qilayotgan hudud futbolini yoritish. Agar futbol jurnalistikasiga qiziqish tufayli men ham nimadir yozishni xohlayman deb o'ylasangiz, marhamat, ijod mahsulingizni bizga jo'nating. Biz qalamkashlar uchun "Men ham yozishni xohlayman" imkoniyatini tashkil qilib beramiz. 

SHuni unutmang, yozadiganlaringiz faqat o'zingiz yashab turgan hudud futboliga oid bo'lishi kerak. Yani, biz O'zbekiston terma jamoasi, bosh murabbiyi, O'FF yoki PFL haqidagi maqolalarni qabul qilmaymiz. Faqat o'zingiz ichidan kuzatib yurgan hudud futboliga oid materiallarnigina ko'rib chiqib saytda berib borishga harakat qilamiz. 

O'zingiz yozgan futbolga oid maqolalarni quyidagi elektron pochtaga yuborishingiz mumkin.

championatasia@bk.ru

Aytgancha, maqolani yozib bo'lgach, ism-sharifingiz, yoshingiz, qaerda istiqomat qilishingiz hamda telefon raqamingizni yozib yuborishni unutmang. (Agar maqolaga oid fotosuratlar bo'lsa yanada yaxshi). 

Tahririyat. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика