Yorqin Nazarov: "Yuqori pressing qo'llaganimizning sababi g'alaba qozonish va ligada qolish uchun harakat edi"
01 noy 2023 21:37
Yangiliklar
Yorqin Nazarov: "Yuqori pressing qo'llaganimizning sababi g'alaba qozonish va ligada qolish uchun harakat edi"
- OKMK jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bizning maqsadimiz raqibga jang taklif etish edi. Biz ushbu vazifani bajardik. Yo'lning o'zida 4-5 soat vaqtimizni sarfladik. SHunga qaramasdan yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Birinchi bo'limda 4ta golli vaziyatlarga ega edik. Agar vaziyatlarimizdan unumli foydalanganimizda 2-3ta gol urgan bo'lar edik. Futbol shunday o'yin. Siz urmasangiz, sizni jazolashadi.
- "Turon" jamoasi ligada qolish imkoniyatlarini yana kamaytirib yubordi. Jamoa ushbu holatdan chiqib keta oladimi?
- Ligada qolish uchun hali hamon imkoniyatlarimiz bor. Oldindagi uchta o'yinda g'alaba qozonsak ligada qolishimiz mumkin. So'ngi turga qadar kurashamiz.
- O'yinning birinchi daqiqalaridanoq "Turon" yuqori pressing bilan o'ynadi. Hujumchilar Holmurodov va Azimovlar raqib himoyachilarini ancha qiynashdi. Holmurodovning zaxiraga olinishining sababi charchoq alomatlarimi yoki boshqa sabab bormi?
- U charchab qoldi. Holmurodov tezkor futbolchi. Jumanqo'ziev esa Holmurodovdan ham tezroq va shu sababdan uni maydonga tushirdim. Yuqori pressing qo'llaganimizning sababi - g'alaba qozonish va ligada qolish uchun harakat edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar