So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Yorqin Nazarov: "G'alabani boy berdik" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "G'alabani boy berdik"

Coca Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan "Turon" - "Metallurg" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqidagi fikringiz...

- Guvohi bo'lganingizdek, yigitlar yaxshi kayfiyatda maydonga chiqishdi. G'alaba qozonishga harakat qildik. Birinchi bo'lim to'liq rejamiz ostida o'tdi. SHogirdlarim ko'rsatmalarga amal qilishdi. Gol ham urdik. Ikkinchi bo'limda esa o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. Afsuski, tayyor g'alabani qo'ldan boy berdik. Bir ochko qo'lga kiritgan bo'lsak-da, yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Og'ir sharoitga qaramasdan, maydonga chiqib, ko'rsatmalar asosida o'ynashdi. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga ham rahmat aytib qolaman. Hozirgi holatda kelib, moticaviya berayotgan rahbariyatga ham tashakkur izhor qilaman. Endilikda keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. 

- Ikkinchi davra avvalida SHohmalik Komilov, Fayzullo Jumanqo'zievlar yaxshi taassurot qoldirgandi. So'nggi o'yinlarda esa ular hatto qaydnomaga ham kiritilmayapti. Buning sababi nimada?

- Jamoani yoshartirganmiz. Birinchi davradan so'ng, adashmasam, 9 nafar futbolchiga javob berib yubordik. Jumanqo'ziev avvalgi o'yinda jarohat oldi. Komilov ham oyog'ini qayirib olgan. Bundan tashqari, Abdug'ani Komilov, Sardor Xursandovlar ham shikastlangan. SHu bois, boshqa futbolchilarga tayanishga majburmiz. Qolganlar yo'qotishlarning o'rnini bildirishmadi. Takror aytaman, bugun g'alabani boy berdik. Ikkinchi bo'limda ham qandaydir vaziyatlar bo'ldi. Biroq barchasi hakamlar ko'z o'ngida edi, biz chetda edik. "Metallurg" uchta o'yindan beri yutqazmayotgandi. 

- "Turon"ning Superligada qolish imkoniyati pasaymoqda. Keyingi o'yinlar haqida qanday rejalar bor?

- Murabbiylik postiga kelganimdan beri aytaman, kim bilan o'ynashimizning farqi yo'q. Barcha uchrashuvda g'alabani o'ylashimiz kerak. SHu bois, oxirgi turgacha kurashamiz. Uydami-safardami, faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Oldinda oltita tur bor. Darajamiz teng jamoalardan ochko olsak, Superligada jon saqlab qolishimiz ham mumkin. O'yindan o'yinga tajribamiz oshmoqda. 

- Qo'l ostingizdagi futbolchilardan keyingi mavsum ham birga ishlashni xohlayotganlaringiz bormi?

- Bor. Olti tur ichida yana ko'zga ko'rinadigan futbolchi paydo bo'lishi mumkin. Hozir hech kim to'g'risida gapirmayman. Barchani baholab boryapmiz. Kelajagi bor yigitlarni jamoada qoldirishga harakat qilamiz. Atrofdagi yoshlarni ham kuzatyapmiz. Yigitlardagi hayajon sekin-sekin yo'qolmoqda. Bugun yutganimizda, intriga saqlanib qolardi, "Buxoro"ni quvib o'tib, "Qizilqum"ga yaqinlashardik. Oldinda olti tur bor. Jamoaga kelganimda, vaziyat og'ir ekanligini bilardim. SHunday bo'lsa-da, ishlayapmiz. Imkoniyat kam deya, to'xtab qolsak, maydonga tushishning hojati yo'q.

- SHogirdlaringiz bugun yaxshi o'yin namoyish etdi. Ularni qanday ruhlantirdingiz?

- Yirik mag'lubiyatdan so'ng ularni o'ziga keltirish qiyin. SHunday bo'lsa-da, imkon boricha ruhlantirdik. Rahbarlar kelib motivaciya berishdi. Yutganimizda yaxshi bo'lardi, lekin bir ochko qo'lga kiritdik. Endi olg'a yurishda davom etamiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика