So’nggi yangiliklar

21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  0 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  2 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  5 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  4 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  3 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  5 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  7 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  18 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1

Yorqin Nazarov: "Tahlil qilib ko'rsam, juda ko'p o'yinlarda hakamlarning xatolari sabab yutqazib qo'ygan ekanmiz" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Tahlil qilib ko'rsam, juda ko'p o'yinlarda hakamlarning xatolari sabab yutqazib qo'ygan ekanmiz"

Coca Cola Superligasi 25-turidan o'rin olgan "Turon" – "Andijon" (1:3) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga kelsak, harakat qildik. Hamma bor kuchini ishlatdi. Superligada qolish imkoniyatini oxirgi turgacha saqlab qolmoqchi edik, ammo buni uddalay olmadik. Yigitlarga rahmat.

- Kecha matbuotda "Turon" futbolchilar maosh olmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu qanchalik asosga ega. Agar rost bo'lsa, o'yinchilarga motivaciya berish jarayoni qanday kechdi?

- To'g'ri, har qanaqasiga ham motivaciya berishga harakat qilmoqdaman. Baribir ham maosh bu birinchi motivaciya hisoblanadi. Vaziyat shunday bo'lib qoldi. Aminmanki, bu holat o'z echimini topadi va barcha o'z maoshini to'liq oladi. Bu vaqt masalasi. Bugun "Andijon"ni mag'lub qilsak, oxirgi turda imkoniyatimiz saqlanib qolardi. Aynan shu narsa motivaciya edi. Maoshlar bilan bog'liq muammo bor, ammo yigitlar shu holatda ham borlarini berishdi.

- Xumoyun Murtazoev jamoadan ketdimi?

- Unda jarohat bor. Oyog'ida gips bor edi, ammo u o'ynamoqchi bo'ldi. O'tgan o'yinda Xumoyunni maydonga tushirdik, ammo uning o'yini chiqmadi. Bu o'yin rejasiga Xumoyunni kiritmadik. Hujumga yoshlarni qo'ydik. Xullas, jarohat sabab Xumoyun Murtazoev maydonga tushirilmadi.

- Jamoadagi kelajagingiz qanday?

- Bugun bosh direktorimiz bilan shu masala bo'yicha gaplashmoqchi bo'ldik. Men esa chempionatni tugatib olishni iltimos qildim. Keyin bu masalani bafurja muhokama qilib olamiz.

- Mavsum davomida hakamlik haqida deyarli gapirmadingiz. Balki, bugun gapirarsiz?

- Ha, hakamlarni gapirishni yomon ko'raman, ammo savol berganingiz uchun bu mavzuni gapiraman. Birinchi davradan keyin jamoani to'qqiz nafar o'yinchi tark etdi, legionerlarga javob berib yuborildi. Yosh tarkib shakllantirdik. SHu holatda ham harakat qildik. Tahlil qilib chiqqanimdan so'ng, amin bo'ldimki, juda ko'p o'yinlarda hakamlarning xatolari sabab yutqazib qo'ygan ekanmiz. Deyarli har bir o'yinda yo penalti, yoki qizil kartochka olgan bo'lamiz. Hakamlar haqida hech narsa degim kelmayapti. Bu ish bilan shug'ullanuvchi maxsus tashkilot bor. Hakamlar etishmovchiligi bormi yoki boshqa sababmi, aynan bizning zararimizga juda ko'p xatolar qilindi. Bu bahona emas. Mayli, hakamlarga ham insof bersin. Keyingi yil barchasi yaxshi bo'lib ketishiga umid qilamiz.


Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика