So’nggi yangiliklar

10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  0 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  4 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  3 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  9 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  7 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  21 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  10 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1

Yomon murabbiy bo'lgan Anelka, CHarlton va 6 buyuk futbolchi Yangiliklar

Yomon murabbiy bo'lgan Anelka, CHarlton va 6 buyuk futbolchi

Ularning safiga Stiven Jerrard qo'shilmasa bo'ldi.

Buyuk futbolchilarni jamoa, rahbariyat hurmat qiladi. Biroq ular buyuk murabbiy bo'la olishmaydi. Xuddi ular kabi:

NIKOLYA ANELKA ("Mumbay Siti")

Anelka 2015 yilda "Mumbay Siti" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Uning qo'l ostidagi jamoa esa yaxshi o'yin ko'rsata olmadi va 4 oy o'tib unga istefo berildi.

U uchun so'nggi bo'lgan o'yinda mumbayliklar "Kerala Blasters" (1:1) bilan durang o'ynaydi. Barchasi Nikolya o'ylagandek o'tmadi: natija past, kiyinish xonasida esa yomon kayfiyat hukmron bo'ldi.

BOBBI CHARLTON ("Preston")

Qachonki biz buyuk futbolchilar haqida gapirsak, Bobbi CHarltonning ismini yoddan chiqarmaymiz. "Manchester Yunayted" va Angliya futbolining buyuk insonlaridan biri Mett Basbi bo'la olmadi.

Jahon chempionining ilk jamoasi "Preston" bo'lgandi. Biroq uning qo'l ostidagi klubi 1973/74 yilgi mavsumda ikkinchi divizionga tushib ketadi. Jamoa yomon o'ynagan bo'lsa ham rahbariyat unga barcha turlarda imkoniyat bergandi. Biroq ishonchlar oqlanmadi.

EDGAR DAVIDS ("Barnet")

"Ayaks", "Yuventus" kabi jamoalarda katta muvaffaqiyatlarga erishgan gollandiyalik superyulduz Angliyaning quyi divizionlaridan biri vakili "Barnet" jamoasida murabbiylik borasida o'z omadini sinab ko'radi.

U nimadir yutdimi? Yo'q. Uning qo'l ostidagi jamoa ilk mavsumdayoq yanada quyiroq ligaga tushib ketdi.

MARIO KEMPES ("Lyushnya")

Argentina termasi bilan jahon chempionligini qo'lga kiritganidan 20 yil o'tib, mashhur sobiq futbolchi Mario Kempes bosh murabbiy bo'lishni istadi. 42 yoshligida Albaniyaning "Lyushnya" jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu qiziqarli qaror bo'ldi. Kempes qanday jamoada yurganligini bilishi kerak edi.

Kampes bir oy ham ishlamadi. U jamoani boshqargan davrda mamlakatda fuqarolar urushi bo'layotgan, shu bisdan klub moliyaviy tomondan anchagina qiynalib turgandi. Barchasini tushungan Kempes samolyotda Rimga qochib ketdi. U jamoa bilan faqatgina ikki uchrashuvda ishlagandi.

MARK XEYTLI ("Xall")

Futbolning yosh tomoshabini uchun Xeytli familiyasi unchalik tanish emas. U Angliyadan tashqarida muvaffaqiyatli to'p surgan kam sonli ingliz futbolchilaridan biri. Mark "Monako" bilan "Liga 1" g'olibiga aylangan. Kapello qo'l ostida "Milan"da maydonga tushgan.

1997 yilda u "Xall" bosh murabbiyi bo'lgan. Uning qo'l ostida jamoa o'z tarixidagi eng yomon natijani qayd etdi - uchinchi diviziondagi 22-pog'ona. O'z vaqtida u "Xall" tarkibida ham o'ynagandi.

ATTILIO LOMBARDO ("Kristal Pelas")

ECHL, A Seriyani (2 marta) yutganidan keyin Lombardo "Kristal Pelas" tarkibida o'ynashni istadi. 1997 yilda esa u jamoaning bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

Bu esa ko'pchilik uchun kutilmagan hol edi. Tajribasiz, tilni yaxshi bilmagan Attilio yaxshi tanlov bo'lmadi. Mavsum yakunida uning jamoasi quyi ligaga tushib ketdi.

GARI MAKALLISTER ("Koventri")

37 yoshida Gari "Koventri" jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi. Unga 3 yillik shartnoma taklif qilishdi. Unga transferlar uchun mablag' berilmadi. Uning oldiga jamoani kuchli oltilikka olib kirish vazifasi qo'yildi.

Yakunda "ko'klar" mavsumni 20-pog'onada yakunladi va quyi ligaga ravona bo'ldi. Endi u "Reynjers"da Jerrardga yordam beradi.

ROMARIO ("Vasko da Gama")

Futbol tarixidagi buyuk futbolchilardan biri. U "Barselona", PSV va Braziliya termasi bilan barcha sovrinlarga ega chiqdi.

41 yoshli futbolchi 2007 yilda "Vasko da Gama"da o'ynovchi-futbolchi bo'lib faoliyat olib bordi. Avvaliga barchasi yaxshidek edi - 6 o'yinda 3 gol kiritdi. Fevral oyida u doping tekshiruvlaridan muvaffaqiyatsiz o'tdi. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham u futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lib qoldi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика