So’nggi yangiliklar

11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  0 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  6 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   5 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  7 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  36 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  30

"Yiqilgan" "Paxtakor" va "Neftchi". Kurashga qaytgan "Nasaf" va "Navbahor". Superligada kim chempion bo'ladi? (tahlil) Yangiliklar

"Yiqilgan" "Paxtakor" va "Neftchi". Kurashga qaytgan "Nasaf" va "Navbahor". Superligada kim chempion bo'ladi? (tahlil)

Kecha Superliganing 21-turiga yakun yasaldi.

Ikki tur oldin aftidan chempion kim bo'lishi malumdek edi guyo. Lekin futbolda yozilmagan qonun borki, unda oldindan aniq hech narsani aytib bo'lmaydi. CHempionlik masalasi esa ayni vaqtda yana asosiy planga chiqqan. Endilikda turnir jadvalining kuchli to'rtligidan o'rin olgan har bir jamoada umid qayta uyg'ondi. Xo'sh, oldinda ularni qanday qarama-qarshiliklar kutyapti?


"Paxtakor"

"Paxtakor" so'nggi 5ta turda o'zi uchun kerakli ochkolarni boy berdi va jami 8 ochko to'pladi, 2ta g'alaba, 2ta durang, 1 mag'lubiyat. G'alaba ham ikki austayder ustidan qo'lga kiritildi.  Oxirgi 3ta uchrashuvda maydonni g'alabasiz tark etdi. 

"Paxtakor" - "Metallurg" 1:0

"Qizilqum" - "Paxtakor" 2:3

"So'g'diyona" - "Paxtakor" 1:1

"Paxtakor" - OKMK 2:2

"Andijon" - "Paxtakor" 1:0 

Kecha "Andijon"ga qarshi uchrashuvdan so'ng, "sherlar" ustozi Maksim SHackix jamoasi hamon peshqadamligini aytdi. Ammo bu hech narsani anglatmaydi. Oldinda jamoani chempionlik yo'lida turnir jadvalidagi raqobatchisi "Nasaf" bilan o'yin kutmoqda. Jamoa TOP-4dan faqat "Navbahor"ni yuta olgan. Toshkentda "ajdarlar" bilan o'yin hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi aniq. Bu ikki jamoa o'rtasidagi farq 4 ochkoni tashkil qilyapti. 

Keyingi 5ta uchrashuv

23-tur. "Paxtakor" - "Turon" 

22-tur. "Buxoro" - "Paxtakor" 

24-tur. "Paxtakor" - "Nasaf"

25-tur. "Surxon" - "Paxtakor"

26-tur. "Paxtakor" - "Bunyodkor"


Barchasi o'z qo'lida, ammo "Paxtakor" imkoniyatdan foydalana oladimi? 

"Navbahor"

OCHLdagi muvaffaqiyatli yurishini chempionatda ham davom ettirayotgan "lochinlar" birinchi o'rindagi "Paxtakor"ni quvishda davom etadi. "Paxtakor" ketma-ket ochko yo'qotishlaridan "Navbahor" unumli foydalanib qoldi va oradagi farqni 3 ochkogacha qisqatirdi. So'nggi 5ta uchrashuvda jamoa deyarli "Paxtakor" bilan teng 7 ochko jamg'argan. Mehmonda "Andijon" va "So'g'diyona"ga engildi, uyda OKMK bilan durang o'ynadi. Namanganliklar kuchli to'rtlikdan o'rin olgan jamoalardan faqat "Paxtakor"ga yutqazgan. "Neftchi" va "Nasaf" bilan durang qayd etilgan. 

"So'g'diyona" - "Navbahor" 2:1

"Navbahor" - OKMK 0:0

"Andijon" - "Navbahor" 2:1

"Navbahor" - "Turon" 5:0

"Buxoro" - "Navbahor" 0:3

"Paxtakor"nikidan farqli ravishda "Navbahor" keyingi 5ta uchrashuvning 2tasini turnir jadvalidagi eng yaqin taqibchilariga qarshi o'tkazadi. "Nasaf" va "Neftchi" Namanganga tashrif buyuradi. 

23-tur. "Surxon" - "Navbahor" 

22-tur. "Navbahor" - "Nasaf" 

24-tur. "Navbahor" - "Bunyodkor" 

25-tur. "Olimpik" - "Navbahor"

26-tur. "Navbahor" - "Neftchi"

24-turda asosiy jang Toshkentda kechsa, "Navbahor" birinchi davrada 5ta gol o'tkazgan "Bunyodkor"ni o'zida qabul qiladi. Samvel Babayan poytaxtdagi o'yinda "sherlar"ning ochko yo'qotishi ehtimoli borligidan kelib chiqib, 3 ochkoni qo'lga kiritish uchun bor imkoniyatini ishga soladi. 

"Nasaf"

Tur oldidan aytganimdek, Qarshidagi markaziy o'yin ikki jamoadan birining nafaqat sovrindorlar qatoriga kirishini balki chempionlik yo'lida ham muhim rol o'ynardi.  "Nasaf" bu imkoniyatdan foydalandi va "Neftchi"ni mag'lub etdi. Endilikda ikkinchi o'rindagi "Navbahor"dan — 1, "Paxtakor"dan 4 ochkoga ortda qolmoqda. Toshkentda "Paxtakor" bilan javob uchrashuvi bor. Lekin ungacha Ro'ziqul Berdiev uyda "Metallurg" va mehmonda "Navbahor" sinovidan o'tishi kerak. "Nasaf" o'zaro o'yinlarda "Neftchi"dan ustun, "Paxtakor" va "Navbahor" bilan teng, lekin javob o'yinlari bor.

"Nasaf" so'nggi 5ta o'yinning 3tasida 3 ochkoni o'ziniki qilgan, 1ta mag'lubiyat va 1 durang: jami 10 ochko. Mazkur ko'rsatkiy bo'yicha Superliganing ikkinchi jamoasi bo'lib turibdi. 

"Nasaf" - "Qizilqum" 0:0

"Surxon" - "Nasaf" 1:2

"Nasaf" - "Bunyodkor" 0:1

"Olimpik" - "Nasaf" 1:3

"Nasaf" - "Neftchi" 2:0

"Ajdarlar"ga oson bo'lmasligi tayin. Etiborli jihati, birinchi davrada "Nasaf" bu beshta jamoadan hech biriga mag'lub bo'lmagan.

Qarshi jamoasini keyingi 5ta o'yindagi raqiblari bilan tanishing:

23-tur. "Nasaf" - "Metallurg"

22-tur. "Navbahor" - "Nasaf" 

24-tur. "Paxtakor" - "Nasaf" 

25-tur. "Nasaf" - "So'g'diyona" 

26-tur. OKMK - "Nasaf"

"Neftchi"

"Neftchi" 21-turga kelibgina ilk mag'lubiyatini, o'zi uchun muhim bo'lgan "Nasaf" bilan bahsda, tan olishga majbur bo'ldi. SHunga qaramay, farg'onaliklar hamon chempionlik uchun kurashda imkoniyatni saqlab qolgan. Jamoaning zaxirasida bitta o'yin bor ("Turon bilan). To'rtinchi o'rin "Neftchi" uchun finish emas. CHunki "Nasaf"dan 1, "Navbahor"dan 3, "Paxtakor"dan 6 ochkogagina ortda qolayotganini ko'rishingiz mumkin. "Neftchi" o'zaro o'yinlarda to'plar nisbatiga ko'ra, "Nasaf"ga yutqazdi, "Paxtakor"dan esa ustun, "Navbahor" bilan teng va javob o'yini bor. 

"Buyuk chinorlar" Qarshiga 3ta durang, 1ta g'alaba bilan etib kelgandi. Endi esa ularning yoniga 1ta mag'lubiyatni ham qo'shamiz. "Neftchi" 5ta o'yinda ochko jamg'arish borasida jadvalda to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi. Misol uchun, autsayder "Qizilqum" ham farg'onaliklardan ko'p ochko ishlagan. 

"Neftchi" - "So'g'diyona" 0:0

OKMK - "Neftchi" 1:1

"Neftchi" - "Andijon" 0:0

"Neftchi" - "Buxoro" 3:0

"Nasaf" - "Neftchi" 2:0

Oldindagi o'yinlarda kimlar raqiblik qiladi? Taqvim bilan tanishamiz. "Turon" bilan qoldirilgan o'yin 9 noyabr kuni bo'lib o'tadi. 

22-tur. "Neftchi" - "Surxon"

23-tur. "Bunyodkor" - "Neftchi"

24-tur. "Neftchi" - "Olimpik" 

19-tur. "Turon" - "Neftchi"

25-tur. "Neftchi" - "Qizilqum"

26-tur. "Navbahor" - "Neftchi"

Ko'rib turibsizki, hal qiluvchi palla hali oldinda. O'tgan mavsumda so'nggi turda omad "Paxtakor"ga kulib boqqan. Lekin jamoa bu yil ochko yo'qotishda davom etsa, oltin medallar Toshkentni tark etadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика