So’nggi yangiliklar

09:13ФИФА президенти табрик йўллади  0 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  1 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  4 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  10 07:22Бугун ФИНАЛ  10 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1 00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   6 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  16 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  11 22:26Игорь Сергеев: "Эрон? Ишончим комил, яна жиддий жанг бўлади"  7 21:56ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-19 чемпионат финали. "Пахтакор" - "Насаф" 4:1  2 21:28"Барселона" янги "Камп Ноу"да илк ўйинини қачон ўтказиши маълум бўлди  2 20:36Тиаго Силва "Милан"га қайтиши мумкин  5 20:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Италия билан ўйиндан олдинги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5

Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qita chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" Yangiliklar

Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qita chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"

Yaponiya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Go Oiva va futbolchi Joel Fujita matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Janob murabbiy, jamoangizning musobaqadagi umumiy ishtiroki va ertangi final bahsi haqida fikr bildirsangiz...

- Biz bu erga qadar etib kelganimiz katta natija. Bizning maqsadimiz keyingi so'ngi uchrashuvda ham g'alaba qozonish.

Joel Fujita, o'yin haqida nimalar deya olasiz?

- Ertaga final va finalda g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz.

- O'zbekiston terma jamoasi bilan o'tgan Osiyo Kubogida ham to'qnash kelgan edingiz. O'sha uchrashuvdan qanday xulosalar chiqardingiz?

- Albatta, o'sha uchrashuvni eslayman. Ammo jamoalar ushbu vaqt ichida ancha o'zgarishdi deb o'ylayman va ikki yil muqqadam o'tkazilgan o'yinni eslash biroz noto'g'ri.

Joel Fujita, ikki yil avvalgi o'yindan nimalarni eslaysiz? Hozirgi O'zbekiston terma jamoasi qanchalik o'zgaribdi?

- O'zbekiston terma jamoasi juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edi. Ular jismoniy va texnik tomonlama kuchli jamoa. O'sha uchrashuvda biz yaxshi o'ynay olmagan edik. Ushbu musobaqadagi raqibimiz hali gol o'tkazib yuborgani yo'q. Finala oson bo'lmasligi aniq.

- Ushbu kubokni yutish siz uchun nimani anglatadi? Agar musobaqada g'alaba qozonsangiz, Olimpiya o'yinlaridagi natijaga tasir qiladimi?

- Ushbu musobaqani Olimpiada bilan bog'lash noto'g'ri deb o'ylayman. Sababi Olimpiadagacha hali bor. Biz ertangi kunni o'ylashimiz kerak.

- Joel Fujita, jamoa sardori sifatida ertangi uchrashuv oldidan futbolchilar bilan suhbatlashdingizmi?

- To'g'risini aytsam, jamoa sardori sifatida jamoadoshlarimga bir nima deyishim noto'g'ri. Ular barcha masuliyatni tushunib turishibdi. Men faqat o'zimning o'yinimni yaxshilash haqida o'ylashim kerak.

- O'zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada gol o'tkazmayotgani haqida ko'p gapirildi. Siz esa ushbu musobaqa davomida jamoangiz etarlicha gol urmayotgani haqida xavotirda ekanligingizni ko'p marotaba aytib o'tdingiz. Ertaga gol o'tkazmayotgan jamoaning darvozasiga qanday yo'l topmoqchisizlar?

- Xavfli vaziyatlar yarata olishimiz aniq, ammo ularni golga aylantirishda muammolar bor. Biz o'yindan o'yinga kuchayib bormoqdamiz va umid qilamanki, ertaga eng yaxshi sport holatimizda bo'lamiz.

Joel Fujita, final uchrashuvidan oldin qandaydir hayajon va bosimni his etyapsizlarmi?

- Ha, ammo barchasi bosh hakamning hushtagi chalinganidan so'ng o'tib ketadi. Muhimi, etiborni bir joyga jamlash.

- Tokio va Parij Olimpiadalari saralashida ishtirok etgan terma jamoalar bir-biridan qanchalik farq qiladi?

- Ha, siz aytib o'tganingizdek, ikki saralash davri har xil o'tgan. Osiyoda futbol rivojlanmoqda va hozirgi kunda barcha jamoalar kuchli. Biz Yaponiya sifatida darajani ushlab turishimiz kerak deb o'ylayman.





Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика