So’nggi yangiliklar

01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  2 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  9 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  0 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  74 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  5 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2

Yaponiya bosh murabbiyi: "Maqsadimiz - Osiyo Kubogini qo'lga kiritish" Yangiliklar

Yaponiya bosh murabbiyi: "Maqsadimiz - Osiyo Kubogini qo'lga kiritish"

Yaponiya - Turkmaniston o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida Xajime Moriyasu va Maya Yoshida ishtirok etdi.

"Osiyo Kubogi syurprizlar bilan boshlandi. Avstraliya yutqazdi, Tailand yutqazdi, Janubiy Koreya esa qiyinchilik bilan g'alaba qozondi. Natijalar musobaqaning ilk uchrashuvi qanchalik qiyin bo'lishini ko'rsatib berdi. Turkmaniston bilan bahsda maqsadimiz juda oddiy - faqat g'alaba.

Umuman olganda har bir o'yin qiyin bo'ladi, futbolchilar buni bilishadi. Bizning tarkibda tajribali va yosh futbolchilar bor. Maqsadimiz - Osiyo Kubogini qo'lga kiritish.

Jahon chempionatidan so'ng Yaponiya bosh murabbiyiga aylaganimdan so'ng tarkibni yoshartirishga qaror qildim. Sababi Yaponiya futbolini qurishda davom etmoqchimiz.

Yosh futbolchilar bu imkoniyatdan foydalanib Osiyo Kubogida yaxshi ishtirok etishadi deb umid qilaman.

Dekabr oyida bir haftalik yig'in o'tkazdik. Biz nafaqat Turkmaniston, balki butun Osiyo Kubogiga tayyorlandik", - deydi Xajime Moriyasu.

"To'rt yil oldin Osiyo Kubogida chorak finalda yutqazib qo'yganimiz bizni xafa qilgan edi. Jamoam sovrinni qo'lga kiritmoqchi. Barcha futbolchilarga ishonaman. Agar faxr va masuliyat bilan o'ynasak imkoniyatlarimizga yuqori baho beraman", - deydi Maya Yoshida.


Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика