So’nggi yangiliklar

18:58ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА (матнли трансляция)  75 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  0 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  15 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  10 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  1

Yangi mavsumda Italiya A seriyasini kuzatish uchun 5 sabab Yangiliklar

Yangi mavsumda Italiya A seriyasini kuzatish uchun 5 sabab

2017/18 yilgi mavsumda Italiya A seriyasi o'yinlarini nima uchun ko'rish kerak?

1. “Milan”ning kuchayishi
“Milan” transfer kompaniyasi katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Xattoki, APL ananaviy ravishda yangi aksiyaga o'n millionlab insonlarni jalb etgan bo'lsa-da, kuchayib borayotgan “rossoneri”ni o'zlariga qarata olishmadi. Xitoy pullari tufayli milanliklar o'zlariga “kalit” topib olishdi. O'nlab yangi xaridlar - 189,5 mln evroga aylandi. Bunday holat “Milan” muxlislari orasida juda katta qiziqish uyg'otdi. Deyarli 30 ming mavsumiy obunachilar (taqqoslang: xatto o'tgan yilgi mavsumda muxlislar sonini 16 mingga ham etkaza olishmagan edi) to'plandi va Evropa Ligasi rekord darajadagi saralash bahslarida  “San-Siro” tribunasida 65 673 tomoshabin yig'ildi.

Milanning yangilanishi skudetto uchun bo'ladigan kurashni keskinlashtiradi. Ko'rinib turibdiki, “Yuventus” gegemoniyasi biroz ortda qolmoqda. Agar turinliklar bu chempionatda g'olib bo'lsa, raqiblar o'rtasida qattiq jang bo'lishi tabiiy. Qiziqarli fakt: “La Gazette Dello Sport” xodimlar o'rtasida ovoz berishni yo'lga qo'ygandan so'ng, chempionlikni qo'lga kiritish taklifini bildirdi… “Napoli”! Bu Italiya sport nashrlari etakchisining bashorati. Vaziyat yanada qiziqarli tus olmoqda.



2. CHempionlar ligasidagi to'rtta jamoa
UEFA haqiqatga asoslangan holda, CHempionlar ligasiga chiqish rejasini biroz o'zgartirdi. Agar dastlabki uchta mamlakat koefficientlar jadvalida alohida ajratilgan bo'lsa, to'rtinchi o'rinni Italiya egallagan. A seriya 2018/19 yilgi mavsumdan boshlab CHempionlar ligasida uchta jamoa bilan emas, to'rtta klub saralashsiz guruh bosqichiga yo'l oladi. “Kalcho” sardorlari, ayniqsa, CHempionlar ligasida ishtirok etmagan “Milan” klublari uchun bu ajoyib yordam bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Tabiiyki, hozirgi sharoitda ham u natijaga erishish mushkul. Ammo, baribir imkoniyatlar yuqoriroq.

Italiyan futboliga bu reforma sezilarli ravishda foyda keltiradi: masalan, “Napoli” o'tgan mavsumda 1/8 finali uchun CHempionlar Ligasida ishtirok etish uchun bonus va ballar, homiylik pullari, chiptalar va translyaciya hisobiga 65,7 million evroni qo'lga kiritgan. Finalga qadar etib borgan “Yuventus”ning turnirdagi daromadi - 109 mln evroni tashkil etgan.  Bir yildan so'ng, bu mablag'ga bir vaqtning o'zida 4 ta jamoa egalik qiladi.



3. Takroriy videolar sistemasi
A Seriyasi videoga murojaat! Bu yangilik Konfederaciyalar Kubogida testdan o'tkazildi va barchada iliq taassurot qoldirdi.

Aniq qilib aytadigan bo'lsak, hakamlar golni baholash, penalti belgilash, shuningdek, qaysi futbolchiga sariq yoki qizil kartochka ko'rsatish kerakligini aniqlashda video katta yordam beradi. Appenninda VARdan foydalanish afzalligi muhim: yo futbolda videoassistentlar yo'qmi?



4. Yuqori darajadagi samaradorlik
SHu ham Italiyami? Katenachcho o'tgan mavsumda barcha stereotiplarni buzib tashladi. 1123ta gol yoki o'rtacha har bir o'yinda 2,96ta goldan demakdir. Evropaning TOP-5 ligasi ichida Italiya chempionati eng samaralisi bo'lib chiqdi! Olaa, lekin bu fakt! U eng boy APL (1064 ta gol), ananaviy tarzda eng yaxshi bo'lib kelayotgan Primero (1118) va Liga 1 (991) hamda Bundesliga (877)dan o'tib ketdi.

Appennin yarim orollarida hali ham 0:0 hisobidagi zerikarli duranglarni yoqtirishadi deb o'ylaysizmi? Unaqa o'yinlar bor yo'g'i 380tadan 19tasida bo'lgan. Bu 5% degan gap. Boshqa tomondan esa, muntazam ravishda 7:3 yoki 5:4 kabi hisoblar qayd etilib bordi.

SHu yozda A Seriyasi etakchi o'yinchilaridan hech kimni yo'qotgani yo'q. Djeko, Mertens, Belotti, Iguain, Ikardi - ular Italiyada qoldi. Xorijga ketgan “hujum guruhi”ning vakillaridan faqat Salah, Muriel va “Milan” klublariga keraksiz bo'lib qolgan Bakka bilan Banega muhim ahamiyatga ega. O'z navbatida, “Kalcho” aqlli masterlar bilan taminlandi: Andre Silva, CHalxanoglu, Duglas Kosta, CHingiz Under. Kelgusi mavsumda bizni yana ko'plab ajoyib uchrashuvlar kutib turganini taxmin qilish uchun barcha asoslar mavjud!



5. A seriyasi derbilari. 4+1
Derbi bellashuvlari A seriyasi uchun katta ahamiyatga ega. Bu uchrashuvlar musobaqa jadvalidagi vaziyatdan qatiy nazar tomoshabop va murosasiz o'tadi. Endi Milan, Rim, Turin va Genua derbilari qatoriga yana bitta – Verona shahri derbisi qo'shildi. To'g'ri, u dastlab sanab o'tgan derbilarimiz singari katta afishalar bilan reklama qilinib ulgurilmadi, yoki u haqida butun dunyo gapirmayotgandir, ammo uning ham o'z muxlislari etarli va ularning safi ortib borishiga shubha qilmaymiz. “Kevo” va “Verona” uchrashuvi, jadvalning o'rtalari, ikkinchi yarmidagilarning ayovsiz jangiga aylanadi.

Bir shaharni “bo'lisha olmaganlar”dan tashqari, principial raqiblar to'qnashuvlari: Milanning har ikki klubi – “Yuventus”ga qarshi, “Roma” – “Napoli”, “Fiorentina” esa “Bolonya”ga qarshi har qanday holatida ham shafqatsiz jang olib boradi. Bundan kelib chiqadiki, har bir turda qiziqarli, murosasiz uchrashuv kafolatlangan!


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика