So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  0 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10

Yangi Alba? “Barselona”ning yangi o'yinchisi Xunior Firpo haqida 5ta fakt Yangiliklar

Yangi Alba? “Barselona”ning yangi o'yinchisi Xunior Firpo haqida 5ta fakt

Iqtidorli himoyachi Kataloniyani zabt etmoqchi.

Ispaniya ommaviy axborot vositalari jar solgan futbolchi — Xunior Firpo kim o'zi?! Nima uchun dominikanlikning narxi 18 million evro? (va 12 million bonus ko'rinishida)?

Firpo – chap qanot himoyachisi. U keyinchalik Xordi Albaning o'rnini bosishiga ko'pchilik umid qilmoqda. U 22 yoshda va o'zini “Betis”da namoyon etishga ulgurdi. Klub turnir jadvalida 10-pog'onani egallashi hamda Ispaniya Kubogi yarim finaligacha chiqishida qahramonimiz jamoaga katta yordam berdi.

24 o'yinda maydonga tushgan futbolchi hujumga faol qo'shildi va katta foyda keltirdi. Xunior aynan “blaugranas”lar uchun yaratilgani va “yangi Alba” bo'la olishiga ko'pchilik umid qilmoqda.

1-fakt: Firpo faoliyatini vinger sifatida boshlagan

Uning ampulasidagi o'yinchilar bilan shunday vaziyat ko'p uchrab turadi. SHular qatori, Firpo ham faoliyatini vinger poziciyasida boshlagan. Bu borada u Marselo yoki Uan-Bissakani eslatadi.

Xunior avvaliga “Atletiko Benamel”, “Tiro Pichon” va “Puerto Malageno” safida asosan vinger sifatida to'p tepgan. Faqatgina “Betis”da u ampluasini o'zgartirgan – va barchasi ijobiy tomonga o'zgargan. Asosiysi u vinger uchun muhim bo'lgan tezlik va keskinlikni yo'qotmagan.

2-fakt: Firpo “Barselona” hamda “Betis” safida o'ynagan 25-futbolchi bo'ladi

“Betis” hamda “Barselona” ancha vaqtdan buyon o'yinchilar almashishidan xabaringiz bor. Firpo har ikki jamoa tarkibida harakatlangan 25-o'yinchi bo'ldi. Ushbu ro'yxatda Mark Bartra, Kristian Telo, Martin Montoyya va Serxio Garsiya kabilar bor.

3-fakt: Firpo Dominikan Respublikasida tavallud topganiga qaramay, Ispaniya yoshlar terma jamoasida o'ynashni afzal ko'rgan

Firpo Italiyadagi Evroda chempion bo'lgan Ispaniya U-21 termasi safida to'p tepgan.

U – Ispaniya fuqarosi. Firpo 6 yoshligida oilasi u erga ko'chib o'tgan. U Dominikan yoshlar termasi safida 2015 yil Braziliya yoshlar termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushgan. Ammo Firpo hali qaysi davlat milliy terma jamoasi safida maydonga tushish borasida bir qarorga kelgani yo'q.

4-fakt: “Barselona”da ilk dominikanlik futbolchi!

Firpo “Betis”da o'ynagan kezlari, Primeradagi birinchi dominikanlik bo'lgandi: millati bo'yicha emas, qaerda tug'ilganligi bo'yicha. Unga qadar yana 3 ta dominikanlik bo'lgan: Xaync Barmettler, Tano Bonnin va Mariano Dias. Lekin ularning barchasi tarixiy vatanidan tashqarida tug'ilgan. "Barsa"da u vatanining butkul birinchi vakili bo'ladi.

5-fakt: Firpo futboldan ketishiga bir bahya qolgan

Firpo o'zini darhol namoyon qila olmadi, ko'p vaqti Ispaniyaning quyi ligalarida o'tib ketdi. “Marca” gazetasiga bergan intervyusida tengdoshlari top jamoalarda debyut qilib, mashhurlikka erishayotgan bir paytlarda bu narsalarga zo'rg'a chidaganini aytgandi.

Agar “Betis” 2015 yil u bilan shartnoma imzolamaganida, u futboldan ketmoqchi bo'laganini tan olgan.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика